So’nggi yangiliklar

13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  0 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  5 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  2 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  7 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  11 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  8 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  3 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  8 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  5 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  13

"Qaldirg'ochlar" faqat bahorda parvoz qiladi Yangiliklar

"Qaldirg'ochlar" faqat bahorda parvoz qiladi

Teglar :  Bunyodkor
O'xshatishga qarshi o'xshatishim bor.

Bir necha yil muqaddam, aniqrog'i, futbol deganda, "Real Madrid" va "Barselona"dan ham boshqa jamoalar mavjudligini farqlashni boshlagan kezlarimizda yulduzli tarkibi bilan kishining og'zidagi saqichini tushirib yuboradigan darajadagi klub bugun ari uyasi singari muammolar girdobidan chiqa olmayapti. Bu girdobning tubiga singish uchun metro singari chuqur kavlashtirish shart emas, yaqin bir yillik mojarolar va o'zgarishlar ham qalinligi Tolstoy asarlaridan kam bo'lmagan doston bitishga arziydi.

Keling, o'sha dostonni bir sahifa ortga varaqlaymiz. O'tgan yil talaba, o'quvchilar tatildan so'ng talim dargohiga qadam ranjida qila boshlagan davrda "Bunyodkor" klubida yig'ilish o'tkazildi. Klub prezidenti Mehriddin Abdullaev boshchiligida klub rahbariyati, futbolchilar va Fan klub azolari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda so'nggi vaqtda klubdagi nosog'lom muhit, klubning Superligadagi salbiy ishtiroki keskin tanqid qilindi. O'sha vaqtda poytaxtliklar 18-turdan so'ng 20 ochko jamg'argan holda 9-o'rinda borayotgandi. 

Yig'ilishda klub direktori Ulug'bek Mirzaev lavozimidan ozod etilib, uning o'rniga “Bunyodkor” Akademiyasi direktori Aziz Haydarov tayinlandi. Asosiy jamoa murabbiyi Viktor Karpenko o'rniga esa U-21 jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich tayinlandi. SHuningdek, akademiya rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan Aziz Haydarovning bosh direktor bo'lgani sabab, o'rniga Islom Ahmedov tayinlangandi. 

Bosh murabbiylikka tayinlangan Boshkovich shunday fikrlarni bildirgandi: "Murabbiylik ishi oson emas, qiyinchiliklarga boy. Ayni paytda qanday holatda ekanligimiz barchaga malum. Lekin biz "Bunyodkor"miz. O'ylaymanki, vaziyatni yaxshilash va mavsumni hozirgi egallab turgan o'rnimizdan teparoqda yakunlashimiz mumkin".


CHernogoriyalik mutaxassis chindan jamoaga yangi qon olib kira oldi. Qolaversa, u yosh "polaponlar"ni maydonga tushirishdan cho'chimadi. Hatto maktab yoshidagi bolalarni qaydnomaga kiritdi. "Qaldirg'ochlar" esa asta-sekin yana parvoz qilishni boshladi. 

Mening istagim "Bunyodkor" o'z tarbiyalanuvchilaridan tashkil topishi lozim. CHunki ular o'tgan o'yinlarda o'z iqtidorlarini ko'rsatib bo'lishdi. "Bunyodkor" akademiyasida O'zbekiston terma jamoasining kelajakdagi o'yinchilari bisyor.

Mavsum so'ngida jamoani Ibrohim Tomiva, Pavel Mogilevec, Dmitrie Pobulich kabi legionerlar tark etdi. SHuningdek, Umarali Rahmonaliev Rossiyaning "Rubin" klubiga, Farruh Ikromov esa "Navbahor"ga yo'l oldi.

10 dekabrdan boshlab "Bunyodkor" o'z qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Yangi futbolchilar bilan bir qatorda, "Olimpik" darvozaboni Vladimir Nazarovning ham yangi mavsumni toshkentliklar safida boshlashi kutilayotgandi. 

Qishki transferlar chog'ida jamoaga chernogoriyalik hujumchi Igor Ivanovich, shuningdek, Aleksey Nosko, Islomjon Asrolov, Doniyor Abdumannopov hamda SHohruh Abdurahmonov singari futbolchilar jalb etildi. Biroq transferlarning barchasi ham etarlicha o'zini oqlamadi. 

Yil so'ngida klub Qozog'istonda yig'in o'tkazishni rejalashtirgandi, ammo turli sabablarga ko'ra, bekor qilindi. Uning o'rniga jamoa yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklari sari otlandi. Biroq kemani aysbergdan qutqarib qolgan admiral lavozimidan ozod etildi. "Bunyodkor" Hikmat Hoshimov bilan birgalikda Abu-Dabiga yo'l oldi.

SHuningdek, klub direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan Aziz Haydarov o'rniga "Bunyodkor" stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direkciyasi direktori SHerzod Haqberdiev direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu orada Vladimir Nazarov Farg'onaga "qochib qoldi".

"Bunyodkor"dan ketishim kutilmaganda ro'y berdi. Menda rahbariyat bilan kelishuvim bor edi. Ular o'z o'rnida qolsa men ham qolardim. Ammo Aziz Haydarov ishdan ketdi, keyin esa Ivan Boshkovich. Natijada tavakkal qilgim kelmadi. Bu erda gap klubga ishonmaganimda emas. SHunchaki kelishuv borligi sabab tark etdim.

27 yanvar kuni murabbiy Ivan Boshkovich Liga hamda O'FA qo'mitasiga murojaat bilan chiqdi. Malum bo'lishicha, mutaxassis “Bunyodkor” klubi bilan 2022 yilning 27 dekabr sanasida amaldagi shartnomasiga qo'shimchalar kiritilgan shartnomaga imzo chekkan. Biroq mazkur shartnoma hozirga qadar liga ro'yxatidan o'tkazilmagan. 10 fevral kuni esa Boshkovich va "Bunyodkor" o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rasman bekor qilindi. Keyinchalik Pro licenziyasiga ega bo'lgan Murod Otajonov bosh murabbiy sifatida ishlay boshladi.

Fevral oyida jamoa Antaliyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazib qaytgan "qaldirg'ochlar" mart oyining ilk kunlarida baland parvozni amalga oshirib, Superliga doirasidagi dastlabki 5 o'yinda 4 g'alaba va bir durang qayd etdi. SHu bilan, go'yoki Susambil sari etaklovchi yo'l boshlangandek edi go'yo. Biroq klub yana o'sha chang ko'chaga qaytdi. Ketma-ket 8 o'yindan buyon mundarijasidan g'alaba so'zi tushib qolgan klubda yana g'alayon boshlandi. Iyun oyida Murod Aliev "Bunyodkor" klubi bosh direktori etib tayinlandi. Bu orada esa nomdor klub fan-klub muxlislarisiz qoldi.

SHuningdek, Qirg'iz Respublikasi milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin tez orada klubda ish boshlashi kutilmoqda. Mazkur mutaxassis to'g'risida Abdulaziz Iskandarov batafsil to'xtalib o'tgan.

"Bunyodkor"ni muzey eksponatiga qiyoslash mumkin. Tashqi ko'rinishi binoyidek ko'rinsa-da, ishlash tizimi nosozlikka uchragan. Yangi murabbiyning ham darhol Amerika kashf etib yuborishigi ishonish qiyin, biroq hech bo'lmaganda, Boshkovichning ishini takrorlash imkoniyatiga ega. 

Tilimizda keng tarqalgan o'xshatishga zidroq fikr bildirgan holda "qaldirg'ochlar"ni faqat ko'klam elchilari sifatida emas, butun mavsum davlomida parvoz qilishini istaymiz. Muzey eksponati unga to'sqinlik qilayotgan "ramka"sini yorib chiqmas ekan, yil yakunida deyarli har yili muolaja oladigan stadion uzra "quzg'unlar" parvozinigina kuzatishimiz mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика