So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Qadamboy Nurmetov: "Eng katta orzularimdan biri terma jamoada o'ynash" Yangiliklar

Qadamboy Nurmetov: "Eng katta orzularimdan biri terma jamoada o'ynash"

Samarqandning "Dinamo" klubi 2019 yilgi Superliganing dastlabki oltita turida ikkita g'alaba, ikkita durang va ikkita mag'lubiyat qayd etdi.

CHempionat boshlanishiga juda oz qolganidagina elitada ishtirok etishi malum bo'lgan "Dinamo"ni ko'pchilik autsayder bo'lishini taxmin qilgandi. Biroq Davron Fayziev boshchiligidagi samarqandliklar bu taxminlarga qarshi o'laroq ijobiy natijalar qayd etishmoqda. Jamoa so'nggi turda "Navbahor" bilan ajoyib o'yin o'tkazib 2:2 hisobida durang o'ynadi. Mazkur bahsda "Dinamo" safida hujumchi Qadamboy Nurmetov gol urishga muvaffaq bo'ldi. Undan oldinroq Nurmetov "So'g'diyona" bilan uchrashuvda yagona to'p muallifi bo'lib jamoasiga g'alaba keltirgan edi. Biz Qadamboy Nurmetov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Qadamboy, futbolga kirib kelish tarixi qanday bo'lgan?

- Esimni taniganimdan buyon futbol o'ynayman. Yashaydigan uyimizning yonida Xiva stadionida bor edi. Maktabga borishda stadionga kirib futbol o'ynardim, maktabdan qaytishda ham shunday bo'lardi (kuladi). Professional futbolga kirib kelishimga dadamning xissasi katta. 3-4-sinfda o'qib yurgan paytlarim Mansur aka Davletov mahallalar orasida musobaqalarga olib borardilar. Birinchi murabbiyim sifatida aynan Mansur akani aytaman.

- Faoliyatingiz davomida qaysi klublarda o'ynagansiz?

- Hozirga qadar Olmaliqning "Olmaliq" (hozirgi AGMK), G'uzorning "SHo'rtan", "Xorazm" va "Andijon" klublarida o'ynaganman. O'tgan mavsumni "Xorazm"da boshlab, "Andijon"da tugatgandim.

- "Dinamo"ga o'tish qanday sodir bo'ldi?

- Qishki yig'in paytida Davron Fayziev "Dinamo"ga chaqirdilar. Agar o'zingni ko'rsatsang jamoada qolasen deb aytgandilar. SHukurki Samarqand klubi bilan shartnoma tuzdim.

- CHempionat boshlanishiga 10 kun qolgandagina "Dinamo" Superligada o'ynashi malum bo'ldi. Buni jamoadagi futbolchilar qanday qabul qilishdi?

- Bunday imkoniyat paydo bo'lganidan barchamiz xursand bo'ldik albatta. O'sha paytda "Paxtakor" bilan Toshkentda nazorat uchrashuvi o'tkazayotgan edik. O'yin tugaganidan so'ng xushxabarni eshitdik.



- Ikkala ligada o'ynagan futbolchi sifatida aytingchi, PRO-liga va Superliga o'rtasidagi farq qanchalik katta?

- Superligada o'ynash albatta qiyinroq va shu bilan birga qiziqarli. CHunki bu erda ko'proq aqlli futbol ko'rsatish kerak, turli kombinaciyalar ko'p bo'ladi. Qisqa qilib aytganda Superligada PRO-ligadan birmuncha yuqorida turar ekan.

- Superligaga qaytgan "Dinamo" bu mavsum o'z oldiga qanday maqsad qo'ydi.

- Iloji boricha ko'p o'yinda yutib muxlislarimizni xursand qilish. Qancha ko'p uchrashuvda g'olib bo'lsak tushunarliki musobaqa jadvalida ham yuqorida bo'ladi.

- "Dinamo" tarkibida yulduzlar yo'q. Lekin shunga qaramay hozircha Samarqandda hech bir o'yinda yutqazgani yo'q. Bunga qanday erishilmoqda?

- Bunda Davron aka Fayzievning xissasi juda katta. Qisqa muddatda ahil jamoa tuza oldilar. "Dinamo"da ichki muhit ajoyib ko'z tegmasin.

- Siz "So'g'diyona" va "Navbahor" uchrashuvlarida gol urishga erishdingiz...

- O'sha onlarda mendan baxtli inson yo'q edi. Gol urilgan paytdagi xissiyotlarni so'z bilan aytib bera olmayman. Superligada gol urganimdan juda ham xursandman. Nasib qilsa yana ko'plab gol uraman.

- Samarqandda "Navbahor" bilan o'yin ajoyib o'tdi. Ikkala jamoa ham hujumkor o'ynadi. O'sha uchrashuvda g'alaba uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Bu o'yinda ikkala jamoa ham g'alaba qozonib ketishi mumkin edi. Bizda ham, "Navbahor"da ham juda ko'p imkoniyatlar bo'ldi. Muxlislardan juda minnatdorman, 90 daqiqa davomida tinmay qo'llab turishdi. Keyingi bahslarda muxlislarimiz uchun yutishga harakat qilamiz.

- Yoshlikda qaysi hujumchilarga havas qilgansiz?

- Kichkinaligimda braziliyalik Ronaldoning muxlisi bo'lganman. Ayni paytda o'ynayotganlardan Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski va Diego Kostaning haraktlarini kuzataman. O'zbekistonda ham ko'plab ajoyib hujumchilar bor, ammo ulardan kimnidir alohida ko'rsatmagan bo'lardim. Kimnidir xafa qilishni istamayman.

- Terma jamoada o'ynash imkoniyatingiz qanday?

- Bilmadim. Hozir bunga baho bera olmaymanu, lekin bu mening eng katta orzularimdan biri. Terma jamoaga loyiq bo'lish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman va nasib qilsa vatanimiz jamoasi tarkibida albatta maydonga tushaman.

- Superligada navbatdagi turda "Dinamo" vodiyda "Andijon" klubi mehmoni bo'ladi. Sobiq klubingiz bilan uchrashuvdan nima kutayapsiz?

- Juda zo'r o'yin bo'ladi deb o'ylayman. CHunki "Andijon" ham yaxshi jamoa tuza olgan. Muxlislari ham tinmay qo'llab turadi. Ular ham o'z maydonida muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchi bilan o'ynaydi deb o'ylayman. Ammo "Dinamo" ham Andijonga shunchaki o'ynagani bormaydi. Biz ham o'z muxlislarimizni xursand qilish va 3 ochkoni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

- SHu darajaga etishingizda kimlarga rahmat aytmoqchisiz?

- Avvalambor oila azolarimga, dodajonimga, ota-onamga rahmat aytmoqchiman. Barcha murabbiylarga rahmat. Yoshlgimdan hozirgacha menga ishongan barcha murabbiylardan minnatdorman.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика