Pyanich: "Barselona" bilan CHempionlar Ligasini yutmoqchiman"
27 mar 2021 18:00
Yangiliklar
Pyanich: "Barselona" bilan CHempionlar Ligasini yutmoqchiman"
Bosniyalik xavbek Miralem Pyanich "Barselona"dan ketishi mumkinligi borasida xabarlarga izoh berdi.
"Men "Barselona"dan ketishni rejalashtirmayapman. Bu klub bilan CHempionlar Ligasida zafar quchmoqchiman. Bosh murabbiydan menga ko'proq o'yin amaliyoti berishini so'ramoqchiman. Men o'z darajamni ko'rsata olaman deb o'ylayman", - deydi yarim himoyachi.
Pyanich Kataloniya grandiga "Yuventus"dan o'tgan yozda o'tgan edi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2023/24 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
30 yoshli bosniyalik futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar