Puyol: "Kuman - "Barselona" afsonasi"
26 mar 2021 22:30
Yangiliklar
Puyol: "Kuman - "Barselona" afsonasi"
"Barselona"ning sobiq himoyachisi Karles Puyol Kataloniya klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman haqida fikr bildirdi.
"Kumandan futbolchilar mamnun. U klubning afsonasi hisoblanadi. U yaxshi ishlamoqda, hurmat va ishonchga sazovar bo'lmoqda. Mavsum yakunlanganidan keyin uning ishiga baho beramiz.
Jamoaning kuchi o'zgarganicha yo'q. Bu ko'rinib turibdi, asosiysi, futbolchilarning sodiqligi oshgan. "Barselona" Ispaniya Kubogida irodali o'yin ko'rsatganidan buni sezish mumkin. Parijda esa birgina gol o'yin tizginini ushlab turishga yordam berardi.
Yangi bosh murabbiy, yangi loyiha, yosh futbolchilar. Jamoa LaLiga chempionligi uchun imkoniyatni saqlab qolgan. Plyus jamoa Ispaniya Kubogi finalida o'ynaydi", - dedi Puyol.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar