Puch: "Barselona" ECHL pley-offiga chiqadi va LaLiga chempionligi uchun kurashadi"
05 dek 2021 15:11
Yangiliklar
Puch: "Barselona" ECHL pley-offiga chiqadi va LaLiga chempionligi uchun kurashadi"
"Barselona" yarim himoyachisi Riki Puch LaLiga doirasida "Betis"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Futbolchi doimo o'ynashni istaydi. Maydonga tushsam, juda xursand bo'laman. Yana bir bor o'zimni futbolchi kabi his qilyapman. Ko'ramiz, natijalar qanday bo'larkin.
LaLiga sovrini uchun kurasha olamiz. CHorshanba kuni esa ECHL pley-off bosqichiga chiqamiz.
"Betis"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida bizda juda ko'p vaziyat bo'ldi. Uch ochkoni yo'qotdik, bundan juda yomon hissiyotlar qolmoqda. Ishlashda davom etish kerak, oldimizda tanlov imkoniyati qolmayapti.
Tiklanish uchun uch kun vaqt bor. Bu final. Ishonamiz va birgalikda finalda g'alaba qozonamiz", - dedi Puch.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar