PSJ xo'jayinlari "Malaga"ni 100 mln evroga sotib olishga yaqin turibdi
27 mar 01:00
Yangiliklar


PSJ xo'jayinlari "Malaga"ni 100 mln evroga sotib olishga yaqin turibdi
PSJ xo'jayinlari "Malaga"ni sotib olishlari mumkin.
Qatar Sports Investments tashkiloti ispan klubini sotib olish bo'yicha muzokaralarning rivojlangan bosqichida turibdi. Bitim 100 mln evroga baholanmoqda va barcha tomonlar uning tuzilishiga ishonch bildirmoqda.
Hozirda BlueBay mehmonxona operatori va qatarlik shayx Abdulla Al-Tani egalik qilayotgan klub og'ir moliyaviy ahvol tufayli sud tomonidan tayinlangan menejer boshqaruvida.
Qatar Sports Investments Belgiya klublaridan birining vakillari bilan ham muzokaralar olib bormoqda.
"QSI Evropa va Amerikadagi bir qator sarmoyaviy imkoniyatlarni o'rganmoqda," - deyiladi tashkilotda so'roviga javoban.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar