“PSJ” va “Manchester Siti”ni Evrokuboklardan chetlatishga chaqirishyapti
31 okt 2017 00:32
Yangiliklar
“PSJ” va “Manchester Siti”ni Evrokuboklardan chetlatishga chaqirishyapti
La Liga prezidenti Xaver Tebas moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan “PSJ” va “Manchester Siti” klublarini Evrokuboklardan chetlatishga chaqirdi.
“Hech kimga sir emas, so'nggi besh yilda “PSJ” va “Manchester Siti” transfer bozorida eng faol bo'lgan hamda futbolchilarni sotib olish uchun eng ko'p pul sarflagan jamoalar hisoblanadi. Bu klublarning real kundagi daromadi bunday xaridlarni amalga oshirish uchun etmaydi.
Ular davlatga bog'langan homiylarning bozor narxiga
to'g'ri kelmaydigan pullari evaziga o'z savdolarini amalga oshiryaptilar. Nima uchun,
bunday firibgarlik yo'li bilan ish ko'rayotgan klublarni Evrokuboklardan
chetlatmaslik kerak”, - dedi Tebasa.
Fikrlar