Pshemislav Banashak: "Vaziyatlar yaratish juda qiyin bo'ldi. Ammo biz buni uddaladik va g'alaba qozondik"
10 sen 2022 02:26
Yangiliklar
Pshemislav Banashak: "Vaziyatlar yaratish juda qiyin bo'ldi. Ammo biz buni uddaladik va g'alaba qozondik"
- O'yin haqida nimalar deya olasiz?
- Juda qiyin o'yin. Sababi, raqib beshta himoyachi bilan o'ynadi. Vaziyatlar yaratish juda qiyin bo'ldi. Ammo biz buni uddaladik va g'alaba qozondik.
- Bugun ham gol urishni uddaladingiz. Sizni o'zbek futboliga to'liq ko'nikib ketdi desak ham bo'ladimi?
- Men bu erda o'zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Sizning so'zlaringni tasdiqlashim mumkin. Gol urdim va jamoa g'alaba qozondi. Bundan baxtliman.
- Bugun gol kiritdingiz. SHu bilan birga, sizda juda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Yana bir necha gol urishingiz ham mumkin edi. Sizda vaziyatlardan foydalanish borasida biroz muammo bo'lmoqda...
- Bilaman. Bugun gol urishim uchun 3-4 ta yaxshi vaziyatlar bo'ldi, ammo buni uddalay olmadim. Bilmadim bunga nima sabab bo'lmoqda. Mashg'ulotlarda aynan shu masala bo'yicha qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. SHunga qaramasdan, hozir baxtliman. Jamoaga yordam berish uchun barcha narsani qilaman

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar