So’nggi yangiliklar

02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  1 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  401 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2

Professionallik sari qadam - mashhur yulduzlar CA va Tezkor Studiyada ekspert sifatida ish boshlaydi Yangiliklar

Professionallik sari qadam - mashhur yulduzlar CA va Tezkor Studiyada ekspert sifatida ish boshlaydi

Uzoq kutib qolganimiz, Superliga o'yinlari boshlanishiga ham oz qoldi. Iyun oyidan saytimizda boshlanajak qaynoq haftaliklarni o'tkazib yubormang!

«Tezkor Studiya» ko'rsatuvini ommaviyligini yanada oshirish hamda darajasini ko'tarish maqsadida u erdagi fikr mulohazalar professional tarzda o'tishi uchun saytimiz O'zbekiston milliy terma jamoasi, «Navbahor» va «Paxtakor»dagi o'yinlari orqali millionlab muxlislarni olqishiga sazovor bo'lgan sobiq futbolchi — Leonid Koshelev bilan kelishuvga erishdi. Taniqli mutaxassis, O'zbekistonning bir necha karra chempioni bo'lgan sobiq yarim himoyachi endilikda o'zbek futboli bo'yicha «Tezkor Studiya» dasturida professional ekspert sifatida faoliyat yuritadi.

Qisqa fursatda futbol jamoatchiligi va muxlislar tomonidan etiroflarga sazovor bo'layotgan «Tezkor Studiya» avvaldan qator mavzularda mutaxassislar fikri bilan qiziqqan. Ko'rsatuv boshlovchisi Kamoliddin Alimov hamda doimiy ishtirokchilar, saytimiz ekspertlari — SHahboz Beg'amov hamda Tolibjon Qosimov "uchligi"dan iborat tarkib endilikda yanada professional tarzda shakllantiriladi.

SHu bois futbol mavzusida o'z sohasi mutaxassis bo'lgan Leonid Koshelev dastur ekspertiga aylanadi.  SHuningdek, tez kunlarda, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Angliya chempionatlari hamda evrokuboklar bo'yicha ham ekspertlarimiz bilan tanishib olasiz.

Bilasiz, MDH mamlakatlari orasida eng mashhur kanal "Match TV" telekompaniyasi o'zining doimiy studiyalari, xususan RPL o'yinlari uchun maxsus ekspertlar, yani soha mutaxassislari bo'lgan sobiq futbolchilar yoki murabbiylar xizmatidan foydalanib keladi. Xususan jahon futbolida Gari Lineker, Gari Nevill, Andrey Arshavin va Andrey Talalaev singari mutaxassislar tur o'yinlari tahlili bilan bevosita kanal studiyalarida faoliyat yuritishadi.

"Championat.asia" sayti doim xolis tahliliy va tanqidiy ruhda o'z faoliyatini davom ettiradi. Barcha mavzu va muhokamalarda soha mutaxassislarini eshitib, vaziyatga xolis baho berishga intiladi. Aynan mazkur jihat saytimiz tanlagan yo'l va ustuvor vazifa hisoblanadi. O'zbek futbolini chuqur tahlili, har o'yin va detallarga professional tarzda yondoshish "championat.asia" aniq poziciyasi.

Turning ramziy jamoasi, eng yaxshi futbolchi yoki darvozabon kabi laureatlarni ham har turda aniqlashni saytimiz ilk bor yo'lga qo'ygan va bunda tahliliy yondoshib, mantiqan ish yuritgan. Buyog'iga ham saytimiz yanada professionallik sari qadam tashlamoq harakatida.

"Championat.asia" sayti hamda «Tezkor Studiya» dasturi muxlislarini hali oldinda katta yangiliklar kutmoqda. Bizni kuzating va "championat.asia" sizga o'zbek futboli hamda evrofutbolga aniq ko'zgu tutadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика