So’nggi yangiliklar

18:58ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА (матнли трансляция)  75 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  0 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  15 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  10 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  1

Pro-liga yo'llanmasini hal qilgan “Zomin” vazifani qanday bajardi? Yangiliklar

Pro-liga yo'llanmasini hal qilgan “Zomin” vazifani qanday bajardi?

Teglar :  Asqar UmarovZomin
Jizzaxning viloyatining “Zomin” muddatidan oldin Birinchi liga g'olibligini qo'lga kiritdi va Pro-liga yo'llanmasiga ega chiqdi.

 Aytish keakki, klub mavsum davomida bir tekis o'yin namoyish etgan holda vazifani bajardi.

So'nggi daqiqada kiritilgan gol

“Zomin” klubi Birinchi liganing 20-turida Samarqandda “Jomboy” klubi mehmoni bo'ldi. SHu kuni klub safardan uch ochko bilan uyga qaytadigan bo'lsa, muddatidan oldin vazifani bajararadi. Kechiktirmaslikni maqsad qilgan Asqar Umarov shogirdlari shu kuni 90+1-daqiqada Muzaffar Abdullaev tomonidan kiritilgan gol evaziga 3:2 hisobidagi muhim g'alabani qo'lga kiritdi va chempionat yakunlanishiga ikki tur qolganida yaqin taqibchilaridan 7 ochkoga ilgarilab ketdi. SHu tariqa, “Zomin” bir yillik tanaffusdan so'ng Pro-ligaga yo'llanma oldi. 

Yo'llanma yo'lidagi raqobat

Klub davomida atiga 3ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi – “Neftgazmontaj” (1:2), “Bunyodkor-Farm” (2:6) va “Navbahor-Farm” (1:2). “G'ijduvon” bilan bahsda esa  durang qayd etdi. Asqar Umarov mavsum boshlanishidan oldin tarkibning o'zagini saqlab qoldi. To'g'ri, ayrim chiziqlar bo'yicha yangi futbolchilar taklif qilindi. Transfer oynasi vaqtida esa ayrimlar bilan xayrlashdi, ular o'rniga yangilar taklif qilindi. Klub “G'ijduvon” , “Neftgazmontaj” va “Navbahor-Farm”ga qarshi kechgan o'yinlarda muhim bo'lgan ochkolarni qo'lga kiritdi. 

Bu haqda bosh murabbiy ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

- Bu muvaffaqiyat yo'lida ko'pchilik katta mehnat qildi. Tuman hokimi, klubimiz direktori va muxlislarimizning tinimsiz ravishda qo'llab-quvvatlagani bizning g'alabalarimizga ulkan zamin yaratdi. Pro-ligada to'p tepish istagi yuqoriligi tufayli ham biz oxirgi turlarga qadar bo'shashmaslikga va g'alabalarimizning doimiy bo'lishi uchun harakat qildik. To'g'ri, bazida o'yinlarimizda ham pasayishlar kuzatildi va kutilmaganda yutqazib ham qo'ydik. Lekin biz tushkunlikga tushmaslikga intildik. 

Jamoa etakchilari xususida

“Zomin” ortda qolgan 20-tur davomida raqiblar darvozasi tomon 49 marotaba to'p yo'lladi. Klub tarkibida hujumchi Muhammad Odilov o'zini har tomonlama ko'rsatdi. U 12ta to'p kiritdi va chempionat tugashiga bir necha tur qolgan vaqtda chempionat to'purari bo'lib turibdi. SHuningdek, klub sardori Eldor Karimov ham raqiblar darvozasini 10 marotaba ishg'ol qildi. Karimov aslida himoyachi sifatida maydonda to'p tepadi. Bosh murabbiy klub safida o'zini har tomonlama ko'rsata olgan futbolchilar xususida ham o'z fikrini bildirdi. 

- Vazifani bajarish yo'lida hamma birdek mehnat qildi. Birorta o'yinchini alohida ko'rsata olmayman. Kimga imkoniyat taqdim qilingan bo'lsa, ular o'zlarini har tomonlama ko'rsatib, jamoa uchun foyda keltirdi. Ayniqsa, yoshlarimiz Birinchi liga havosidan bahramand bo'ldi va o'sishga erishdi. Bu esa kelgusi yilda Pro-liga o'yinlarida o'z yordamini beradi”, - deya so'zini yakunladi Umarov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика