So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  1 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

PRO-Liga. SHoxruh Abdurahmonov: "Dinamo" shu mavsumning o'zidayoq Superligaga qaytishni maqsad qilgan Yangiliklar

PRO-Liga. SHoxruh Abdurahmonov: "Dinamo" shu mavsumning o'zidayoq Superligaga qaytishni maqsad qilgan

Koronavirus pandemiyasi tufayli ayni damda PRO-Liga o'yinlari vaqtincha to'xtatilgan.

Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib saytimiz muxbirlari PRO-Liga klublari futbolchilari bilan bog'lanib, intervyu tashkil etmoqdalar. Quyida Samarqandning "Dinamo" klubi yosh futbolchisi SHoxruh Abdurahmonov bilan tashkil etilgan intervyu bilan tanishishingiz mumkin.

- SHoxruh, joriy mavsumda "Dinamo" jamoasi PRO-Liga bahslarida ishtirok etmoqda. Yangi mavsum oldidan sizda Superliga klublaridan takliflar bo'ldimi?


- Avvalambor shu darajaga etishishimda "Dinamo” klubi, xususan jamoadoshlarimning hissasi katta bo'ldi. Menda mavsum oldidan takliflar bor edi, lekin klub bilan amaldagi shartnomam yakuniga etgani yo'q, shu sababdan "Dinamo" safidaman. Astoydil harakat qilib shu mavsumning o'zidayoq jamoamizni Superligaga qaytarmoqchimiz.

- Hozirgi kunda "Dinamo" jamoasida ish olib borayotgan murabbiylar shtabi xususida fikrlaringiz qanday?

- Hozirgi bosh murabbiyimiz Sergey Lushchan juda tajribali. Menimcha, bu insonni o'zbek futbolida tanimaydigan muxlis bo'lmasa kerak. Sergey Ivanovich bizni zamonaviy futbol namoyish etishga undamoqda, uning uslublari juda ham kuchli darajada. O'ylaymanki, Sergey Lushchan bizni mavsum yakunida Superligaga olib chiqadi.

- Joriy mavsumdagi PRO-Ligada raqobat juda ham kuchli bo'lmoqda. Nima deysiz, "Dinamo" Superliga yo'llanmasi uchun qiyinchilikka duch kelmaydimi?


- Albatta, ayni damda PRO-Ligada kuchli jamoalar jam bo'lgan. Raqobat bor joyda hamisha o'sish bo'ladi. Har qanday vaziyatda ham "Dinamo"ning maqsadi faqat va faqat Superliga bo'lib qolaveradi.

- SHoxruh Abdurahmonov aslida "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Qachondir bu jamoa safida sizni ko'rishimiz mumkinmi?

- Ha, "Paxtakor" safiga qaytish niyatim bor. Toshkentliklar safiga yanada kuchli bo'lib qaytmoqchiman.

- Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?


- Menga birinchi bo'lib futbol sir-asrorlarini o'rgatgan inson Umid aka Yusupov bo'ladi. U kishidan juda ko'p narsalarni o'rganganman.

- Futbolchi sifatida kelgusidagi rejalaringiz qanday?


- Maqsadim o'zim sevgan kasbim bilan yanada ko'proq shug'ullanib, xalq sevgan futbolchi sifatida tanilish va vaqti kelib O'zbekiston milliy terma jamoasi safida to'p tepish kabilardan iborat. Etibor uchun barcha muxlislarga o'z minnatlorchiligimni bildiraman.



Timur Ibragimov yozib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика