So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  65 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

PRO-Liga “B” guruhi. To'purarlar poygasida nima gap? Yangiliklar

PRO-Liga “B” guruhi. To'purarlar poygasida nima gap?

PRO-Liganing “A” guruhida yuzaga kelgan to'purarlar ro'yxatini etiboringizga havola etgandik.

PRO-Liganing “B” guruhiga ham nazar tashlaydigan bo'lsak, bu erda ham o'ziga yarasha jiddiy kurash kechayotganini ko'rish mumkin. Xususan davralar oralig'ida “Dinamo”dan “SHerdor”ga ko'chib o'tgan Maradona Safarov 19ta gol urib, shaxsiy ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadamlardan biriga aylanib oldi.

SHuningdek u bilan bir xil natija ko'rsatib kelayotgan Oripxo'ja Abduxoliqov bilan SHoxjahon Abbosovning ham mavsum to'purari bo'lish uchun ishtaxasi yomon emas.
Jumladan, “Zomin” hujumchisi bo'lgan Abbosov huddi Maradona singari deyarli har bir uchrashuvda maydonni golsiz tark etayotgani yo'q.

Ularning eng yaqin takibchisi shubhasiz “Labsa” hujumchisi Bahrom Narzullaevdir. Buxorolik 25 yoshli futbolchi hisobida hozircha 16ta gol mavjud. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, Narzullaev mavsumni avvaliga “G'ijduvon” tarkibida boshlagandi va u erda o'z aktiviga 6ta to'p yozdirib qo'yishga erishdi. “Labsa” safida esa Bahrom yana 10ta gol urib, to'purarlar poygasiga qo'shildi.

Ko'ramiz, bu borada kimning ko'proq omadi chopar ekan.

Bulardan tashqari “Nurafshon”ning yana bir to'purar hujumchisi Farruh SHotursunovning ham mavsum to'purari bo'lishga imkoniyati mavjud. O'z vaqtida Oliy liganing bir nechta jamoalarida o'ynab, mahoratini oshirgan SHotursunov bu yil mavsum to'purari bo'lishi uchun astoydil xarakat qilayotgani ko'rinib turibdi.

Ko'rib turganingizdek, “B” guruhida to'purarlar poygasi ayni avjiga chiqdi.

Sizningcha bu borada g'oliblik qaysi futbolchiga nasib etadi?


Futbolchi

Jamoasi

Gollar

Pen.

Maradona Safarov

“SHerdor”

19

(1)

Orifxo'ja Abduxoliqov

“Nurafshon”

19

(2)

SHoxjahon Abbosov

“Zomin”

19

(2)

Bahrom Narzullaev

“Labsa”

16


Farruh SHotursunov

“Nurafshon”

15

(2)

Abdulla Nabiev

“SHerdor”

12


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика