So’nggi yangiliklar

08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  1 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  15 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2 06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  19 02:05ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни мағлубиятга учратди  111 00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  1 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   26 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   13 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0

PRO-Liga “B” guruhi. 11-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga “B” guruhi. 11-tur statistikasi

Teglar :  PRO-liga11-tur
O'tgan haftada PRO-Liganing 11-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, poyoniga etgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“Lokomotiv-BFK”ning g'alabasiz seriyasi davom etadi yoxud “Zomin” bu safar ajablantirib qo'ydi.

 “Labsa” – “SHerdor” - 0:1 (0:1).
“Lokomotiv-BFK” – “Nurafshon” - 0:1 (0:1).
“Xotira-79” – “Zomin” - 3:1 (2:0).
“Yozyovon” – “G'ijduvon” - 3:1 (2:1).

PRO-Liganing “B” guruhida 4ta uchrashuv bo'lib o'tdi.
Buxoroning “Labsa” jamoasi o'z maydonida “SHerdor”ni qabul qilib, kutilmaganda imkoniyatni boy berdi. Bekzod Ro'zmatovning birinchi bo'limning boshida kiritgan goli uchrashuvda yagonaligicha qoldi.

“Lokomotiv-BFK”ning g'alabasiz seriyasi ushbu turda ham davom etdi. “Temiryo'lchilar” shu kungacha 10ta o'yin o'tkazib, barchasida mag'lub bo'ldi. SHunga qaramay, jamoa rahbariyatida va murabbiylar shtabida hech qanday o'zgarish bo'lganini ko'rmayapmiz. Toshkent derbisida “Nurafshon” Orifxo'ja Abduxoliqovning goli evaziga g'alaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

“Zomin” esa bu turda muxlislarini ajablantirib qo'ydi. Birinchi davrada o'z maydonida “Xotira-79” darvozasiga javobsiz 8ta to'p kiritgan zominliklar bu safar uychiliklarga imkoniyatni boy berdi.

O'z maydonida har qanday raqibga osonlikcha taslim bo'lmaydigan klubga aylanib borayotgan “Yozyovon” 11-turda “G'ijduvon”ni qabul qilib, ishonchli g'alabaga erishdi.


Turning eng tezkor goli va boshqalar haqida
“B” guruhning 4ta o'yinida jami 10ta gol qayd etildi.  Birinchi bo'limda darvozalarga 7ta to'p kiritildi. Qolgan 3ta gol esa ikkinchi taymda yuz berdi.

Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni - 6tani tashkil etdi. Mehmonlar hisobiga esa 4ta gol yozildi.  

Turning eng tezkor goli “Yozyovon” – “G'ijduvon” bahsida yuz berdi. Uchrashuvning 11-daqiqasi o'tib borayotganida mezbonlar sardori Zohid Ismoilov raqib darvozasini ishg'ol etdi. Aksincha turning eng daqiqasida kiritilgan goli 77-daqiqaga to'g'ri keldi. Nafaqat “Zomin”ning balki chempionatning to'purari bo'lib kelayotgan Doston Toshmatov ushbu turda ham penaltidan gol kiritib, o'z aktiviga bitta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Toshmatovning joriy mavsumdagi umumiy gollari soni hozircha 11tani tashkil etmoqda.
Mazkur turda “SHerdor” va “Nurafshon” jamoalari o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi.

Ushbu turda Bobur Mamajonov (“Xotira-79”) bilan Zohid Ismoilov (“Yozyovon”) dublga erishdi. Etiborlisi ularning jamoalari bir xil – 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar orasida birgina andijonlik Akmal Rahimov penalti belgilashga qaror qildi. “Xotira-79” – “Zomin” o'yinida mezbonlar darvozasi tomon belgilangan 11 metrlikni Doston Toshmatov aniq amalga oshirib, hisobni bittaga qisqartirishga erishdi.
Ushbu turda xet-trik va avtogol qayd etgan futbolchi uchramadi.

11-turda kimlar gol urdi?
1. Bekzod Ro'zmatov – “SHerdor”.
2. Orifxo'ja Abduxoliqov – “Nurafshon”.
3. Bobur Mamajonov (2ta) – “Xotira-79”.
4. Sanjar Toshpo'latov – “Xotira-79”.
5. Doston Toshmatov – “Zomin”.
6. Zohid Ismoilov (2ta) – “Yozyovon”.
7. Maqsad Ibragimov - “Yozyovon”.
8. Ravshan Yangiev – “G'ijduvon”.


Ogohlantirish va chetlatish

Mazkur turdagi o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar jami 12 nafar futbolchini sariq kartochka bilan jazoladi.

Mezbon jamoa futbolchilaridan 5ta sariq kartochka bilan siylangan bo'lsa, mehmonlarning esa 7ta o'yinchisi sariq bilan ogohlantirilgan.

O'yinlarning birinchi taymida 3ta sariq kartochka qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda keskinlik ortdi va yana 9ta futbolchi sariq bilan siylandi. 11-turni safarda o'tkazgan “Zomin” jamoasi futbolchilari 3ta sariq va 1ta qizil kartochka olib, turning intizomsiz jamoasiga aylandi.  Aksincha “Nurafshon” va “Labsa” jamoalari bitta ham sariq kartochka olmasdan, tartib-intizom bo'yicha boshqalarga namuna bo'ldi.

Ostonamizdagi uchrashuvlar
03.06.2018 yil
12-tur
“Zomin” – “Yozyovon”
“Nurafshon” – “Xotira-79”
“SHerdor” – “Lokomotiv-BFK”
“Iftixor” – “Labsa”
“G'ijduvon” dam oladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика