So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  8 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  13 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  25 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

PRO-Liga, “B” guruhi. 10-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “B” guruhi. 10-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-liga10-tur
O'tgan juma kuni mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida PRO-Liganing 10-tur o'yinlari, yani ikkinchi davrasiga start berildi.

Unda muxlislar bir qator qiziqarli bahslarga guvoh bo'ldi deyish mumkin. “B” guruhidagi o'yinlarda faqat mezbon jamoalar g'alaba qozonganini etirof etmoq lozim.

Leonid Senkevich boshqaruvidagi “Lokomotiv-BFK” jamoasi hamon g'alaba nima ekanligini bilmay kelmoqda. “B” guruhi peshqadami “Zomin” esa 1-o'rinni hech kim bermasdan kelmoqda. Buxoroning “G'ijduvon” jamoasi uning ortidan quvishda davom etmoqda.

Samarqandning “SHerdor” jamoasi ushbu turda “Iftixor” ustidan irodali g'alabaga erishganini aytish mumkin. Oltiariqliklar ikki bor hisobda oldinga chiqib yakunda g'alabani qo'ldan boy berdi.  

10-turning to'rtta o'yinida jami 13ta gol qayd etildi. Bu har bir bahsga o'rtacha 3tadan gol demakdir.

Eng ko'p gol urgan jamoa “G'ijduvon” va “SHerdor” bo'ldi.

“Zomin” hamda “Nurafshon” jamoalari esa ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Ushbu turda mezbonlar tomonidan kiritilgan gollari soni 10tani tashkil etgan bo'lsa, qolgan 3ta to'p mehmonlar hisobiga yozildi.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida muxlislar 7ta golga guvoh bo'ldi. Ikkinchi taymda esa darvozalarga yana 6ta to'p kiritildi.

10-turning eng tezkor goli 8-daqiqaga to'g'ri keldi. Ahamiyatlisi “A” guruhida ham tezkor gol ham aynan 8-daqiqada kiritilgandi. “Iftixor”ning iqtidorlis hujumchisi Ilhom Aliboev safarda “SHerdor” darvozasiga birinchi bo'lib to'p kiritib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Biroq Aliboevning jamoasi yakunda mag'lub bo'ldi.  

Aksincha 10-turning eng so'nggi daqiqasida kiritilgan gol 90+1-daqiqada sodir bo'ldi. Bu ham “SHerdor” – “Iftixor” o'yinida yuz berdi. Mezbonlarning to'purar hujumchisi Fahriddin Alimov uchrashuvning qo'shimcha daqiqalarida mehmonlar darvozasiga to'p kiritib, jamoasiga irodali g'alaba keltirdi.    

Ushbu turda 4ta futbolchi dublga erishdi. SHoxjahon Abbosov (“Zomin”), Fahriddin Alimov (“SHerdor”), Ilhom Aliboev (“Iftixor”) hamda Ravshan Yangiev (“G'ijduvon”) 10-turda raqiblari darvozasiga ikkitadan to'p kiritdi. Etiborlisi ularning ichida birgina Aliboevning jamoasi mag'lub bo'ldi.

Etiborlisi “B” guruhidagi o'yinlarda avtogol va penalti sodir bo'lmadi.

10-turda kimlar gol urdi?
1. SHoxjahon Abbosov (2ta) – “Zomin”.
2. Elbek Ravshanov – “Nurafshon”.
3. Murod To'ychiboev – “Nurafshon”.
4. Bahrom Narzullaev – “G'ijduvon”.
5. Ravshan Yangiev (2ta) – “G'ijduvon”.
6. Ilyos Sadriddinov – “Xotira-79”.
7. Umar Navro'zov – “SHerdor”.
8. Fahriddin Alimov (2ta) – “SHerdor”.
9. Ilhom Aliboev (2ta) – “Iftixor”.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика