So’nggi yangiliklar

22:54"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  65 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2

PRO-Liga, “A” guruhi. 3-turning tezkor goli va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 3-turning tezkor goli va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-ligaMashal
PRO-Liganing yakuniga etgan 3-tur o'yinlariga ko'ra, qiziqarli malumotlarni etiboringizga havola etishda davom etamiz.

Navbat, gollarga etib keldi. Futbolda gollar o'ziga yarasha joziba bag'ishlaydi. Stadionga kelgan har qanday ishqiboz sevimli jamoasidan gollar kutadi. Ammo gol urish har doim ham osonlikcha amalga oshirilmasligi ham turgan gap.

PRO-Liganing “A” guruhidagi 4ta o'yinda jami 11ta gol qayd etildi. SHundan 4tasini mezbonlar kiritgan bo'lsa, qolgan 7ta to'p mehmon jamoalar hisobiga yozildi. Bundan ko'rinib turibdiki, mehmonlarda sermahsullik nisbatan yuqori bo'ldi.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 4ta gol qayd etildi. Ikkinchi bo'limda sermahsullik ortdi va muxlislar yana 7ta golga guvoh bo'ldi.

Turning eng tezkor goli 4-daqiqada qayd etildi. “Andijon” hujumchisi SHahboz Jumaboev “Xorazm” darvozasiga tezkor to'p kiritib, jamoasining g'alabasiga salmoqli hissa qo'shdi.
Aksincha ushbu turda eng so'nggi gol deya 90+3-daqiqada “Orol” darvozasiga kiritilgan to'p qayd etildi. “Surxon” hujumchisi Nizom Norov ushbu golga mualliflik qildi.
3-turda eng ko'p gol urgan jamoa “Surxon” bo'ldi. Termizliklar safarda “Orol” darvozasiga 4ta to'p kiritdi. Nukusliklar esa aksincha o'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa bo'ldi.

Ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan jamoalar – “Istiqlol” va “Mashal” bo'ldi. Etiborlisi ushbu jamoalar safarda o'ynagan bo'lishlariga qaramay, o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi.

3-tur o'yinlarini boshqarib borgan hakamlarning uchtasi penalti belgilashga qaror qildi. Undan ikkitasi aniq amalga oshirilgan. Xususan “Orol” hujumchisi Navro'zbek Haipov “Surxon” darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik nuqtadan adashmadi. SHuningdek “Istiqlol” sardori Abduxoliq Qurbonov safarda “Norin” darvozasini penaltidan ishg'ol etib, jamoasiga uch ochko keltirdi. Samarqandda kechgan “Dinamo” – “Mashal” o'yinida bosh hakam Asker Najafaliev uchrashuvning 28-daqiqasida mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Undan “gazchilar” etakchisi Sardor Rahmonov aniq foydalana olmagan. Ammo shunga qaramay, markaziy himoyachi keyinroq “Dinamo” darvozasini aniq nishonga oldi. Etiborlisi uning goli “Mashal”ga safarda g'alaba keltirdi.

3-turda bitta avtogol kuzatildi. “Orol” himoyachisi Islom Seytnazarov “Surxon”ga qarshi bahsning birinchi bo'limida kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi. Bu esa mehmonlarning tanaffusga g'alaba bilan chiqib ketishiga zamin yaratdi.

Ushbu turda dublga erishgan futbolchilar 2tani tashkil qildi. “Andijon” hujumchisi SHahboz Jumaboev “Xorazm” bilan o'yinning birinchi taymida ikki bor ishg'ol etishga erishdi. “Surxon” futbolchisi Nizom Norov ham safarda “Orol” darvozasiga 2ta gol urib, jamoasining yirik hisobdagi g'alabasini taminladi.  

3-turda gol urgan futbolchilar
1. Navro'z Haipov (pen) – “Orol”.
2. Islom Seytnazarov (avtogol) – “Orol”.
3. Farhod Tojiev – “Surxon”.
4. Nizom Norov (2ta) – “Surxon”.
5. Abduxoliq Qurbonov (pen) – “Istiqlol”.
6. SHahboz Jumaboev (2ta) – “Andijon”.
7. Sunnatilla Mamadaliev – “Andijon”.
8. Qadamboy Nurmetov – “Xorazm”.
9. Sardor Rahmonov – “Mashal”.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика