So’nggi yangiliklar

16:34ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Машъал" (Онлайн натижа)  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  1 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   11 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  3 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  2 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  4 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0 11:54Терма жамоага чақирилган легионерлар: ўтган бир ойни ким қандай ўтказди?  14 11:47Саудия Арабистони ва МЛС клублари Погба бўйича маълумотларни сўраган  0 11:18"Реал" жароҳат олган Карвахалга клубдан ўринбосар топди  8 10:55Флориан Вирцнинг келажаги маълум  1

PRO-Liga, “A” guruhi. 3-turda eng ko'p muxlis Samarqandda Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 3-turda eng ko'p muxlis Samarqandda

PRO-Liganing 3-tur yakunlariga ko'ra, qiziqarli malumotlarni berib o'tamiz. Futbol eng avvalo muxlislar uchun o'ynaladi.

Agarda o'yinning jozibasi yuqori bo'lsa, stadionga albatta ishqibozlarning tashrifi ham ortadi. O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tomoshabinlarni milliy chempionat bahslariga qiziqtirib, ularni jalb etish bo'yicha bir qator tashkiliy ishlari olib borilayotganiga ham guvoh bo'lmoqdamiz. Ammo tan olish kerakki, hozircha PRO-Liga o'yinlarida muxlislar tashrifi u qadar ko'p bo'layotgani yo'q.

Poyoniga etgan 3-turning 4ta o'yiniga jami 20763 nafar ishqiboz kirgan. Har bir uchrashuvga o'rtacha 5 190ta tomoshabin demakdir.

Ushbu ko'rsatkich, hozircha joriy yil hisobidan PRO-Ligada eng yuqori natija bo'lib turibdi.

Eng ko'p tomoshabin kuzatgan o'yin “Dinamo” – “Mashal” (0:1) bahsi bo'ldi. Samarqanddagi “Dinamo” stadionida kechgan o'yinni 13250 (!) nafar muxlis bevosita kuzatib borgan. Bunday ko'rsatkich ayni damda Superliganing ayrim bahslarida ham kuzatilmayapti. Juma oqshomida kechgan bahsga 13250 ta muxlis kirganiga sabablardan biri o'yinni kech soat  20:00da boshlanganligi hamda bu bahsdan avval “Dinamo” – “Xo'jand” (xalqaro o'rtoqlik o'yini) uchrashuvi bo'lib o'tgani ham muxlislarga qulaylik tug'dirgan bo'lishi aniq. Bizningcha ushbu ko'rsatkich keyingi turlarda boshqa takrorlanmasa kerak. Yana kim biladi deysiz.

3-turda eng kam muxlis Haqqulobodda qayd etildi. Norin” – “Istiqlol” (0:1) uchrashuviga 1156 nafar tomoshabin tashrif buyurdi xolos. Hozircha Vali Keldiev boshqaruvidagi “Norin” jamoasi chempionatda g'alaba qozona olmayapti. Balki shuning uchun bo'lsa kerak, muxlislarning stadionga tashrifi keskin pasayib ketgani.CHunki yaxshi bilamiz, oldingi yillari haqqulobodlik muxlislar bu borada etakchilik qilardi.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?  

“OROL” – “SURXON” - 1:4 (0:1).
Nukus shahri. “Turon” stadioni. 1821 tomoshabin.

 “NORIN” – “ISTIQLOL” - 0:1 (0:0).
Haqqulobod shahri. “SHodlik” stadioni. 1156 tomoshabin.

“ANDIJON” – “XORAZM” - 3:1 (2:0).
Andijon shahri.  “Sog'lom avlod” sport majmuasi o'yingohi. 4536 tomoshabin.

 “DINAMO” – “MASH'AL” – 0:1 (0:1).
Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 13250 tomoshabin.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика