So’nggi yangiliklar

00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9

PREVYU+TAHLIL. Gigantlar jangida kim g'olib chiqadi? Jadvaldagi quvlashmachoq yoxud Qosimov Babayanga qarshi Yangiliklar

PREVYU+TAHLIL. Gigantlar jangida kim g'olib chiqadi? Jadvaldagi quvlashmachoq yoxud Qosimov Babayanga qarshi

Bu uchrashuv hech qanday derbi maqomida emas. Lekin turning markaziy o'yini deyishga arziydi.

Tarkib, murabbiylar, nomlar tomonlama haqiqatdan ham turning kulminacion nuqtasini belgilab beradigan bahs. Sezdingizki, gap OKMK - "Navbahor" uchrashuvi haqida bormoqda. Yuqoridagi fikrlar to'laligicha bu jamoalarning to'qnashuviga mos kelishi aniq. 

OKMK

Ruben Sanchez - 75'

Superliga. 5-tur

09/04/2023, 18:05

1
:
2
Tugadi

Navbahor

Jamshid Iskanderov - 57', SHahboz Jo'rabekov - 63'

45'
90'
41'  Akrom Komilov
65'  Akrom Komilov (Irakli Ruxadze)
65'  Martin Boake (Ruben Sanchez)
75'  Ruben Sanchez
82'  Sanjar Tursunov (Oybek Rustamov)
89'  Irakli Ruxadze
90'  Dilshod Ahmadaliev (Eldor Begimov)
90'  Siyavash Haqnazariy (Mirzhahon Mirahmadov)
47'  Jamshid Boltaboev
57'  Jamshid Iskanderov
63'  SHahboz Jo'rabekov
73'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Shohruz Norxonov)
78'  SHahboz Jo'rabekov (Asadbek Sobirzhonov)
84'  Abror Ismoilov (Farrux Ikromov)

O'zaro o'yinlar

Jamoalar shu kungacha ichki chempionat doirasida 30 marotaba uchrashishga ulgurishdi. Bu erda kichik ustunlik OKMK tomonida 12 g'alaba. "Navbahor" 30ta bahsning 9tasida uch ochkoni raqibidan tortib olgan. Yana 9ta bellashuvda tomonlar bir ochkodan bo'lishib olishga qaror qilishgan. Bugun garchi o'yin Toshkentda o'tadigan bo'lsada, mezbon OKMK hisoblanadi. Bu borada so'nggi 5ta o'yinda qisman omad "lochinlar" tomonida (2ta durang, 2 g'alaba). Olmaliqliklar mezbon sifatida faqat 1ta uchrashuvdagina kiyinish xonasini bayramga aylantirgan (2021 yil). Bu esa hozircha OKMKning "Navbahor" ustidan qozongan so'nggi g'alabasi bo'lib turibdi. 

Qosimov Babayanni hali mag'lub etmagan 

Mirjalol Qosimov murabbiy sifatida Samvel Babayan ishlagan jamoalarga qarshi 3 bor ro'baro' kelgan. Qiziq holat shuki, ularning barchasida "Navbahor" ustozi kamida 1 ochko olishga erishgan. 

31.10.2019 OKMK - "Lokomotiv" 1:1

01.07.2022. OKMK - "Navbahor" 1:2

12.11.2022. "Navbahor" - OKMK 3:1 


Turnir jadvalidagi quvlashmachoq

Ayni paytda ikki jamoa Superliga turnir jadvalida yonma-yon ketmoqda. Bugungi uchrashuvdagi g'alaba OKMKni (7 ochko) uchinchi o'ringa olib chiqsa, "Navbahor"ni (9 ochko) sovrindorlar qatoridan vaqtinchalik uzoqlashtiradi. Ularning ortidan esa "Surxon" (7 ochko) va "Nasaf" (7 ochko) quvib kelmoqda. Ular narigi qarama-qarshilikning birining ochko yo'qotishiga umid qilgan holda ijobiy natijaga harakat qilishlari tabiiy. Ko'rinib turibdiki bugungi o'yinning ahamiyati nafaqat o'zlari, balki pastdagi raqiblari uchun ham ahamiyatli. Vaziyatdan kim foydalanib qoladi? 


"Navbahor"da sermahsullik nimaning hisobiga?

Darhaqiqat, Samvel Babayan chempionlik uchun bu yil o'z falsafasi va o'yin principlaridan voz kechmoqda. Deylik "Navbahor" o'tgan yillarda Babayan boshqaruvida asosan bitta gol yoki 1:0, 2:1, 1:1 kabi kichik hisoblarda natijani qo'lga kiritayotgandi. Bu yil nisbatan hujumkorlikka katta urg'u qaratyapti, oldingi chiziq vakillari asosiy planga chiqmoqda.  Jamoa hozirgacha 4ta turning 3tasida 3:0 hisobida g'alaba qozondi va 9 ochko jamg'ardi. O'tgan mavsumda faqat bitta o'yindagina raqib darvozasiga 3ta to'p kiritgan edi (OKMK 3:1). Ammo bu erda raqiblarning darajasini ham hisobga olish zarur. "Metallurg", "So'g'diyona", "Qizilqum" bu yil yaxshigina kuchsizlandi. Samvel Babayan kuchli raqiblardan faqat "Paxtakor" bilan o'ynadi (1:2). Bugungi bahs "lochinlar"ning haqiqiy kuchini yana bir bor sinovdan o'tkazadi.

OKMKda katta burilish ko'rayotganimiz yo'q. Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi yigitlar tajriba va mahorat bobida "Navbahor"dan aslo qolishmaydi. Sanjar Tursunov, Anzur Ismoilov, SHohruh Gadoev, Xurshid G'iyosov, Siyavash Haqnazariy asosiy figuralar ekanligini bilasiz. Biroq qishki transferlar oynasida kelib qo'shilgan legionerlar hali tarkibga to'liq kirishib keta olmayotgandek. Tunislik Muhammad Salem hozircha raqobatda yutqazmoqda. Ruben Sanches "G'ijduvon" bilan o'yinga kelibgina gollari hisobini ochdi. Bu muhim uchrashuv oldidan o'ziga nisbatan ishonchni oshirgan bo'lsa ajab emas. Ruhadze ham bir marotaba raqib darvozasini ishg'ol qildi. Davra oxiriga kelib yana to'liq xulosa qilish mumkin. Oldindan aniq aytaman bugun hujumkor va chiroyli futbol ko'rishingiz yuz foiz kafolatlangan. Yani ochiq o'yin namoyish qilishga ikki jamoaning imkoniyati bemalol etadi. Himoyaga yotib natija qiladigan darajada biri ikkinchisidan kuchsiz emas.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика