So’nggi yangiliklar

20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  1 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  2 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  44 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  1 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0

PREVYU. "Uz-Dong Ju" - "Lokomotiv" Yangiliklar

PREVYU. "Uz-Dong Ju" - "Lokomotiv"

Teglar :  UzDongJuLokomotiv
Bugun "Uz-Dong Ju"ga qarshi bahs bilan "Lokomotiv" O'zbekiston Kubogi uchun navbatdagi yurishini boshlaydi.

2014 yilgi Kubok g'olibi "temiryo'lchilar" o'tgan mavsum yarim finalda o'z ishtiroklarini to'xtatishgandi. Bu yil esa jamoaning rejalari ulkan: "Lokomotiv" oldiga O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.

"Lokomotiv" futbol klubi delegaciyasi kecha tunda Farg'ona orqali Andijonga etib keldi va shahardagi eng ko'rkam mehmonxonalardan biri "Vella Elegant"ga joylashdi. Bugungi o'yin 16:00da start oladi. O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilardan tashqari qolgan hamma shu erda. Bugungi raqibimiz "O'z-Dong Ju" avvalgi bosqichda "SHo'rtan"ga qarshi bahs olib borib 1:0 hisobida zafar quchgan.

Bugun va ertaga Kubokning 1/8 final dastlabki uchrashuvidan iborat quyidagi o'yinlar bo'lib o'tadi:

25 mart
Navbahor - Qo'qon-1912
Qizilqum - Andijon
Metallurg - Olmaliq
Mashal - So'g'diyona
O'z-Dong Ju - Lokomotiv
 
26 mart
Neftchi - Nasaf
Bunyodkor - Obod
Paxtakor - Buxoro bahsi esa hozircha nomalum muddatga qoldirilgan.


"Lokomotiv" Kubok o'yinlarini qanday boshlagan? (Oxirgi besh yilga murojaat)

Aytib o'tganimizdek, bugun "O'z-Dong Ju"ga qarshi bahs bilan "Lokomotiv" O'zbekiston Kubogi uchun navbatdagi yurishini boshlaydi. 1/8 finaldan o'rin olgan mazkur bellashuvga jamoamiz tayyor. Barcha "Andijon" shahriga faqat g'alabani ko'zlab tashrif buyurgan.

SHu o'rinda statistikaga etibor qaratadigan bo'lsak, "Lokomotiv"ning oxirgi besh yilda Kubok bahslarini kimga qarshi va qanday hisob bilan boshlagani ko'pchilikka qiziq bo'lishi shubhasiz. Esingizda bo'lsa, o'tgan yil "temiryo'lchilar" Kubokni "Navbahor"ga qarshi bahs bilan boshlagan va 2:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. O'sha o'yinda Marat Bikmaevning ikki goli "Loko"ga qalaba keltirgandi.

2014 yil "Lokomotiv" Kubokdagi birinchi uchrashuvini safarda "Dinamo"ga qarshi o'tkazib 4:3 hisobida zafar quchgan. 2013 yil "Andijon" mehmoni bo'lgan jamoamiz 1:0 hisobida g'alabaga erishgan. 2012 yil safarda "Mashal-2" ham 1:0 hisobi bilan mag'lub etilgan bo'lsa, 2011 yilgi mavsumda jamoamiz 1:2 hisobida "Mashal"ning asosiy tarkibiga yutqazib qo'ygan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика