So’nggi yangiliklar

18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  3 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 18:20Суперлига. "Сурхон" – "Динамо" 0:2 (матнли трансляция)  5 17:57Суперлига. "Бунёдкор" – "Насаф" (матнли трансляция)  3 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:00Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" 0:3 (матнли трансляция)  16 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  2 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  4 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  3 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  18 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  11 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4

Prevyu. "So'g'diyona" - "Olmaliq" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Olmaliq"

Teglar :  So'g'diyonaOlmaliq
Davron Fayziev boshchiligidagi "So'g'diyona" klubi Igor SHkvirin boshqarayotgan "Olmaliq"ni qabul qiladi.

So'g'diyona (Jizzax) – Olmaliq (Olmaliq)
14 may 2016. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 18:30
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), R. Fozilov (Namanan), M. Majidov (Namangan), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 12 bor kesishgan. Natijalar “Olmaliq”ning kichik ustinligini ko'rsatmoqda. “Olmaliq” 5ta o'yinda g'alabaga erishgan. 4ta bahsda g'olib aniqlanmagan. Qolgan 3ta o'yinda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Olmaliq” foydasiga. Olmaliqliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 26ta gol urib o'z darvozalaridan 20 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Olmaliq” 19, “So'g'diyona” esa 13 ochkoni qo'lga kiritgan.

“So'g'diyona” oliy ligada “Olmaliq” ustidan 5:2 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi jizzaxliklarnng eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Olmaliq”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 4:1ga teng.

2015 yil 13-turda Olmaliqda o'tgan bahsda mezbonlar muvaffaqiyatga erishishgan. Dastlab mehmonlar vakili Sanjar Rashidov hisobni ochgandi. Bunga G'ulom O'runov (ikkita) va Islom Inomovning gollari bilan javob berilgan – 3:1. Ikkinchi davrada Jizzaxdagi o'yinda Sanjar Rashidovning urgan goli "So'g'diyona"ga g'alaba keltirgandi - 1:0.

“So'g'diyona” maydonida bo'lib o'tgan oxirgi besh uchrashuv:
30.10.2015 So'g'diyona - Olmaliq 1:0
09.08.2014 So'g'diyona - Olmaliq 0:0
04.08.2013 So'g'diyona - Olmaliq 2:2
15.10.2011 So'g'diyona - Olmaliq 5:2
23.03.2009 So'g'diyona - Olmaliq 3:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonidagi o'yinlarda bu raqibga umuman yutqazmagan. Uch bor g'alaba qozongan va 3 marta durang o'ynagan. “So'g'diyona” uyida o'tgan oxirgi ikki bahsda gol o'tkazmagan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика