So’nggi yangiliklar

19:44Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  5 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  345 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  3 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  7 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  27 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3

PREVYU. O'zbekiston Superkubogi. "Bunyodkor" stadionida kimning boshi osmonda bo'ladi? Yangiliklar

PREVYU. O'zbekiston Superkubogi. "Bunyodkor" stadionida kimning boshi osmonda bo'ladi?

O'zbek futbolida bitta jamoa mavsum davomida 3 ta kubokni boshi uzra baland ko'tarishi mumkin.

Bu O'zbekiston kubogi, Superliga chempionligi va O'zbekiston superkubogi. Ertaga "Paxtakor" yoki "Nasaf" 2024 yildagi sovrinlar bo'yicha debochasini ochadi. O'yin oldidan aytadiganlarimiz va sizlarga beradigan malumotlarimiz etarlicha. Demak, boshladik!

Tarixdagi to'qqizinchi O'zbekiston Superkubogi

Joriy yilgi O'zbekiston Superkubogi tarixdagi to'qqizinchisi hisoblanadi. Bunga qadar o'tkazilgan 8 ta uchrashuvda "Navbahor" va "Bunyodkor"  bir martadan, "Lokomotiv", "Nasaf" va "Paxtakor" ikki marotabadan bosh sovringa ega chiqqan. "Paxtakor" o'tgan 8 ta o'yinning 6 tasida ishtirok etgan va 6 marta mag'lubiyatga uchragan. 1999 yil "Navbahor", 2015 yil "Lokomotiv" va 2016 yil "Nasaf"ga imkoniyat boy berilgan bo'lsa, 2021 va 2022 yilgi Superkubokda bosh sovrinni boshi uzra baland ko'targan. Ertangi bahs "sherlar" uchun Superkubokdagi ettinchi bellashuv hisoblanadi. "Nasaf" uchun esa ikkinchisidir. Bu jamoalar umumiy hisobda Superkubokda beshinchi bor to'qnash kelmoqda.  "Paxtakor" Superkubokda jami 11ta gol o'tkazib yuborgan va 3 ta gol urgan.  


8 yildan so'ng...

"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari 8 yildan so'ng yana "Bunyodkor" stadionida Superkubok uchun maydonga chiqishadi. Ikki klub so'nggi marotaba 2016 yil shu stadionda uchrashishgan va unda "ajdarlar" Artur Gevorkyanning yagona goli evaziga g'alaba qozongan. 

O'zbekiston Superkubogi-2016.

"Nasaf" - "Paxtakor" 1:0

17 fevral 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 4748 tomoshabin. 

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (ikkisi Toshkent), SHerzod Qosimov (Toshkent).

Nazoratchi: Bulat Galeev (Urganch).

Gol: Artur Gevorkyan (39)

"Nasaf": Sanjar Quvvatov,  Maqsud Karimov, SHerzod Azamov (Aziz G'aniev, 76), SHuhrat Muhammadiev, Saydullo Rahmatov, Erkin Boydullaev, Dilshod Rahmatullaev, Artur Gevorkyan, Bahrom Abdurahimov, Bobir Abduxoliqov (Azamat Allaniyozov, 84), Ilhom SHomurodov.

Zaxira: Eldor Suyunov, Ildar Mamatkazin, Dilshod Xushbakov, Deyan Bolevich, Doniyor Narzullaev. 

Bosh murabbiy: Ro'ziqul Berdiev.

"Paxtakor":  Nikita Ribkin, Davron Hoshimov, Jamshid Boltaboev, Kamoliddin Tojiev, Akbar Ismatullaev (Javohir Sohibov, 46), Azim Ahmedov, Jamshid Iskanderov (Vladimir Kozak, 80), Jaloliddin Masharipov (Suhrob Berdiev, 57), Stanislav Andreev, Igor Sergeev, SHerzod Karimov.

Zaxira: Timur Jo'raev, Adnan Oraxovac, Javohir Sidiqov, Oybek Qilichev. 

Bosh murabbiy: No'mon Hasanov. 

Ogohlantirishlar: Bahrom Abdurahimov (2), Saydullo Rahmatov (55), Erkin Boydullaev (79) - Javohir Sohibov (74).


"Paxtakor" rekordchi va boshqa faktlar 

1. Eng ko'p gol 1999 yilda o'tkazilgan "Navbahor" - "Paxtakor" bahsida urilgan. O'shanda namanganliklar "sherlar" ustidan 4:2 hisobida zafar quchgan edi.

2. Superkubok bahslarida shu paytga qadar 6 jamoa ishtirok etgan: "Paxtakor" (6), "Lokomotiv" (3), "Nasaf" (2), "Navbahor, "Bunyodkor" va AGMK.

3. O'zbekiston Superkubogini eng ko'p qo'lga kiritgan jamoa "Lokomotiv" bo'lsa (2 marta), "Paxtakor" unda eng ko'p engilgan (3 marta).

4. AGMK Superkubokda ishtirok etib, unda zafar qucholmagan yagona jamoadir.

5. Superkubok bahsida faqat 2 nafar futbolchi dublga erishgan: Leonid Koshelev, Andrey Akopyanc. 

6. Stadionga eng ko'p muxlis yig'gan uchrashuv 2019 yilda o'tkazilgan. O'shanda "Lokomotiv" va AGMK jamoalari bellashuvni tomosha qilish uchun "Paxtakor" stadioniga 18 171 tomoshabin tashrif buyurgan edi.

7. Superkubokda ketma-ket ikki mavsum g'alaba qozongan yagona jamoa bu — "Paxtakor". SHerlar 2021 hamda 2022 yillarda mazkur sovringa ega chiqqan. 


Superkubokda gol urgan futbolchilar 

Leonid Koshelev 2

Andrey Akopyanc 2

Dragan CHeran 2 

Temurxo'ja Abduxoliqov 2

SHuhrat Rahmonqulov 1

Saydullo Tursunov 1

Oleksandr Pishur 1

Vohid SHodiev 1 

Vyacheslav SHevchenko 1

Lutfulla To'raev 1

Ruslan Koryan 1

Marat Bikmaev 1

Artur Gevorkyan 1

Yovan Jokich 1

Zafar Polvonov 1

Pshemislav Banashak 1

Marko Stanoevich 1

Oybek Bozorov 1

Ro'ziqul Berdiev yagona, SHackix ilk Superkubogini yutadimi?

Ro'ziqul Berdiev bitta jamoa bilan 4 ta Superkubokda  ishtirok etgan yagona murabbiy hisoblanadi. Bunga qadar Vadim Abramov ( "Lokomotiv" boshqaruvida 2014, 2015), Mirjalol Qosimov ("Bunyodkor" va AGMK jamoasi bilan 2014, 2019) ikkitadan o'yinda qatnashgan. Bugungi bahs Maksim SHackix uchun Superkubokdagi ikkinchi imkoniyat hisoblanadi. Ikki jamoa bosh murabbiylari kecha o'yindan oldin matbuot anjumanida qatnashdi va Superkubokning ahamiyati haqida gapirdi. 

Maksim SHackix: - Har bir mavsumda uchta sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lamiz: chempionat, kubok va Superkubok. Superkubok bahsi bir o'yindan iborat, shunga qaramay, bu biz uchun muhim sovrin. "Nasaf" ham ertangi uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgani aniq. Bizning safimizda yosh futbolchilar "Bunyodkor" stadionidagi ilk uchrashuvlarini o'tkazishmoqda. Ertangi to'qnashuv ular uchun juda muhim. Final bahsida g'alaba qozonish uchun borimizni beramiz.

Ro'ziqul Berdiev: - Katta o'yinlarda ko'p narsa talab qilish shartmas. CHunki bu bir o'yindan iborat. 100 ta uchrashuv esdan chiqishi mumkin, ammo bu bellashuv esda qoladi. Buni futbolchilar ham his qilib turishibdi. Bazi o'ynlarda o'zimizni ko'rsata olmayapmiz. Bu ruhiy tayyorgarlik bilan ham bog'liq. Bu faqat o'zimizga bog'liq. 

Ravshan Ermatov va Superkubokda ishlagan boshqa hakamlar

Bugungi uchrashuvni boshqarish cheki Aziz Asimov zimmasiga yuklatilgan. U ketma-ket ikkinchi mavsumda Superkubok bahsida faoliyat olib boradi.  O'yinlar soni bo'yicha eng ko'p ko'rsatkich Ravshan Ermatovda 3 ta. 

Superkuboklarida faoliyat olib borgan hakamlar

1999. G'ayrat Karimov 

2014. Ravshan Ermatov 

2015. Ravshan Ermatov

2016. Ravshan Ermatov

2019. SHerzod Qosimov

2021. Vadim Agishev

2022. Akobirxo'ja SHukrullaev

2023. Aziz Asimov

2024. Aziz Asimov


BARCHA SUPERKUBOK O'YINLARI

1999 - "Navbahor" - "Paxtakor" 4:2
2014 - "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:1
2015 - "Lokomotiv" - "Paxtakor" 4:0
2016 - "Nasaf" - "Paxtakor" 1:0
2019 - "Lokomotiv" - OKMK 2:1
2021 - "Paxtakor" - "Nasaf" 1:0
2022 - "Paxtakor" - "Nasaf" 1:0
2023 - "Nasaf" - "Paxtakor" 2:1
2024 - "Paxtakor" - "Nasaf" ?:?

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика