So’nggi yangiliklar

01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  0 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  1 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  12

Prevyu. "Olmaliq" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Olmaliq" - "Navbahor"

Teglar :  OlmaliqNavbahor
Bu turda Igor SHkvirin boshchiligidagi "Olmaliq" klubi o'z uyida Rashid G'ofurov boshchiligidagi "Navbahor"ni qabul qiladi.

Olmaliq (Olmaliq) – Navbahor (Namangan)
24 aprel 2016. Olmaliq. "OKMK" stadioni. 17:00
Hakamlar
: V. Serazetdinov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: SH. Rajabov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 16 bor kesishgan. Ustunlik “Olmaliq” tomonida. 8ta o'yinda “Olmaliq”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 5ta uchrashuvda “Navbahor” g'olib chiqqan. Yana 3ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbatida ham “Olmaliq” ustun – 23:22. O'zaro o'yinlarda “Olmaliq” 27 ochkoni, “Navbahor” esa 18 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Olmaliq” oliy ligada “Navbahor” ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi Igor SHkvirin shogirdlarining eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Navbahor”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.

Bir yil avval birinchi davrada Namanganda o'tgan uchrashuvda tomonlar ikkitadan gol urishgandi. SHahboz Erkinov hisobni ochgandi. Bunga mehmonlar safida SHavkat Salomov va Arslonmurod Omonov javob berishgandi. Erkinov dublga erishib yakuniy natijani o'rnatgandi – 2:2. Olmaliqda Salamat Qutiboevning dubli mezbonlarga g'alaba keltirgan. “Navbahor” safida bitta golni Dilshod Jabborov urgandi – 2:1.

Olmaliqda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
16.10.2015 Olmaliq - Navbahor 2:1
02.11.2014 Olmaliq - Navbahor 3:1
04.05.2013 Olmaliq - Navbahor 3:4
06.05.2012 Olmaliq - Navbahor 1:0
10.10.2011 Olmaliq - Navbahor 0:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Olmaliqda o'tgan 8ta o'yinning beshtasida “Olmaliq”, ikkitasida “Navbahor” g'alabaga erishgan. Bitta o'yinda durang qayd etilgan. Oxirgi ikki o'yinda “Olmaliq” o'z uyida g'olib bo'lgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика