So’nggi yangiliklar

00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3

Prevyu. "Olmaliq" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Olmaliq" - "Mashal"

Teglar :  OlmaliqMashalPrevyu
Oliy liganing 19-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Olmaliq (Olmaliq) – Mashal (Muborak)
22 avgust 2015. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:00
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.

Bu ikki klub oliy ligada 13 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 7 o'ynda g'alaba qozonishgan, uch uchrashuv durang bilan yakunlangan. “Olmaliq” 3 bora raqibini mag'lub etgan. To'p kiritish borasida ham voha klubida ustunlik – 17:15 O'zaro o'ynlarda “Mashal” 24 ochkoni, “Olmaliq” esa 12 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Mashal”ning “Olmaliq” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1. O'z navbatida “Olmaliq”ning ham “Mashal” ustidan o'zaro o'yinlardagi eng yirik muvaffaqiyati esa 4:0 ni tashkil qiladi.

Birinchi davrada Muborakdagi uchrashuvda mezbonlar g'alabaga erishishgandi. Jamshid Hasanov, Zafar To'raev va Zohir Qo'ziboevning gollariga mehmonlar tarkibida himoyachi Adrian Kashkaval javob bergandi – 3:1.

Olmaliqda o'tgan barcha uchrashuvlar:
20.09.2014 Olmaliq - Mashal 2:1
20.10.2012 Olmaliq - Mashal 4:0
16.04.2011 Olmaliq - Mashal 2:2
03.04.2010 Olmaliq - Mashal 0:0
02.05.2009 Olmaliq - Mashal 2:0
18.11.2008 Olmaliq - Mashal 1:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  “Mashal” shu kungacha oliy ligada “Olmaliq” maydonidan bir g'olib bo'lib qaytgan. Uch marta “Olmaliq” zafar quchgan. Faqat bir marta durang kuzatilgan. “Gazchilar” oxirgi besh uchrashuvda g'olib bo'la olishmagan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика