So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Prevyu: "Nurafshon" - "Iftixor" Yangiliklar

Prevyu: "Nurafshon" - "Iftixor"

Teglar :  NurafshonIftixor
Vohid Xolboev boshchiligidagi “Nurafshon” futbolchilari Pro-liganing uchinchi davrasiga tayyorgarlikni Toshkent viloyatida olib borishdi.

Unda jamoa bir necha kuchli jamoalarga qarshi bahslar olib borishdi. “Nurafshon” unda “Andijon”ni 4:2 hisobida mag'lub etishni uddaladi.

SHuningdek, “Andijon”ga 1:4 hisobi bilan mag'lubiyatga uchradi. Pro-liga “A” guruhining eng kuchli jamoalaridan “Dinamo” va “SHo'rtan”ga qarshi o'yinlar ham o'tkazildi.

Undan tashqari, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs ham bo'lib o'tdi. 

Davralar oralig'ida Pro-liga "B" guruhi peshqadami "Nurafshon" tarkibida bir necha o'zgarishlar bo'ldi.

Jumladan, yarim himoyachi Maqsud To'xliev jamoani tark etdi. U "Nurafshon" tarkibida birorta uchrashuvda ham maydonga tushmadi.

Oldinroq aytilganidek, "Buxoro"ga ketishi kutilgan Elbek Ravshanov, undan tashqari darvozabon Abdukarim Muhamedov ortga qaytarildi.

Vohid Xolboev o'z jamoasi tarkibiga "Paxtakor"dan Jasur Rahimov va "Bunyodkor"dan Azamat Roziqovni qo'shib oldi. Ushbu futbolchilar mavsumning qolgan qismida "Nurafshon" sharafini himoya qilishadi. 

“Nurafshon” ushbu mavsum hisobida “Iftixor”ga qarshi uch marta uchrashuvda qatnashib bo'ldi. Tomonlar avvaliga O'zbekiston kubogining 32/1 bosqichida to'qnash kelishgandi va unda farg'onaliklar 3:1 hisobida g'alabaga erishishdi.

Keyinchalik, Pro-liganing ilk turida ham tomonlar o'zaro to'qnash kelishdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga “rozi bo'lishdi”.

Pro-liganing ikkinchi davrasi yakuniy turida ham jamoalar Farg'onada kuch sinashishdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

“Iftixor” yozgi transferlar oynasi vaqtida o'z safiga 6 futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. Ular: SHoxrux Xolmatov, Ismoil Oxunjonov, Rustam Azamov, G'iyos Tursunov, Nurullo Mirzajonov, SHoxrux Yo'ldoshev. SHuningdek, jamoada bosh murabbiy ham o'zgardi. Uchinchi davradan boshlab jamoaga Mahmudjon Matkarimov ustozlik qiladi.

Bugungi uchrashuvni Jasur Muxtorov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Unga qanotlarda Jaloliddin Husniddinov, Jamoliddin Najmiddinovlar yordam berishadi. Nazoratchi hakam sifatida Temur Abdullaev ishlaydi. Uchrashuv komissari – SHerzod Rajabov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика