So’nggi yangiliklar

16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  0 16:02Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  2 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  0 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  7 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  7 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   2 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  27 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1

Prevyu. "Navbahor" - "SHo'rtan" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "SHo'rtan"

Teglar :  NavbahorSHo'rtan
G'uzorning "SHo'rtan" klubi Namanganda "Navbahor" klubi mehmoni bo'ladi.

Navbahor (Namangan) – SHo'rtan (G'uzor)
16 aprel 2016. Namangan. "Markaziy" stadion. 16:30
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), F. Yormuhamedov (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
 
“SHo'rtan” hamda “Navbahor” oliy ligada 20 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 10tasida “Navbahor” g'olib bo'lgan, 3ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “SHo'rtan” hozirga qadar “Navbahor”ni 7 marta mag'lub etgan. To'plar nisbatida ham ustunlik vodiy klubi tomonida - 29:27. O'zaro o'inlarda “lochinlar” 33 ochkoni, “oq bo'rilar” esa 24 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor”ning “SHo'rtan” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 4:0ga teng. Qizig'i “SHo'rtan”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi ham 4:0 bo'lib turibdi.

2015 yil Namangandagi o'yinda tomoshabinlar 6ta gol guvohiga aylanishgan. Maydon egalari safida Ulug'bek Baqoev xet-trikka erishgan, Dilshod Jabborov bitta gol urgan. G'uzorliklar tarkibida Murod Rajabov va Igor Taran o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishgandi – 4:2. G'uzordagi uchrashuvda 4ta gol urilgan. Birinchi bo'limda Dilshod Jabborov to'p kiritib “Navbahor”ni hisobda oldinga olib chiqqandi, tanaffusdan so'ng Suxrob Berdiev va Igor Taran (2ta) tomonidan urilgan gollar “SHo'rtan”ga 3:1 hisobidagi g'alabani taqdim etgandi.

Namanganda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.06.2015 Navbahor - SHo'rtan 4:2
20.06.2013 Navbahor - SHo'rtan 0:1
17.11.2012 Navbahor - SHo'rtan 1:1
20.03.2011 Navbahor - SHo'rtan 0:0
18.04.2010 Navbahor - SHo'rtan 4:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Vodiyda bo'lib o'tgan o'yinlarda mezbonlar 6 bor g'alaba qozonishgan. 3 bora tomonlar durang qayd etishgan. Bitta bahsda esa “SHo'rtan” safarda uch ochko qo'lga kiritgan.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика