So’nggi yangiliklar

08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  0 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   4 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  14 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  31 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  419 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  5 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  9

Prevyu. "Nasaf" - "Dinamo" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Dinamo"

Qarshining "Nasaf" klubi yangi mavsumni o'z uyida Samarqandning "Dinamo" klubi bilan boshlaydi.
NASAF – DINAMO
15 mart. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 17:30
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, D.Jalimov.
Nazoratchi: B.Galeev.

“Nasaf” hamda “Dinamo” klublari oliy ligada shu kungacha 32 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlar”ning ustunligini ko'rsatmoqda. 16ta o'yinda “Nasaf”, 7 o'yinda “Dinamo” g'alaba qozongan. 9ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. “Ajdarlar” o'zaro o'yinlarda 42 bor raqib darvozasiga yo'l topa olishgan. “Dinamo” esa 33 bor gol kirita olgan. Qarshi klubi 57, Samarqand klubi esa 30 ochkoni qo'lga kiritgan. “Nasaf”ning “Dinamo” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0. “Dinamo”ning eng yirik g'alabasi esa 4:0.

O'tgan mavsum birinchi davrada Qarshida tashkil etilgan uchrashuvda “ajdarlar” 3:2 hisobida zafar quchishgan. Maydon egalari safida Ilhom SHomurodov, Azamat Allaniyozov va Farrux Sayfiev to'p kiritgan, “arslonlar” tarkibida Sirojiddin Sayfiev va Komil SHarofutdinov o'zini ko'rsatgandi. Javob o'yinida ham “Nasaf” muvaffaqiyat qozongan. Mezbonlardan Sanat SHixov, mehmonlardan Azamat Allaniyozov, Ilhom SHomurodov va Zohid Abdullaev o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'ygan – 1:3.

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.06.2013 Nasaf - Dinamo 3:2
21.11.2012 Nasaf - Dinamo 2:1
30.07.2011 Nasaf - Dinamo 0:1
01.06.2010 Nasaf - Dinamo 2:1
19.09.2009 Nasaf - Dinamo 0:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Nasaf” o'z uyida 11 marta g'olib bo'lgan, 3ta uchrashuv durang natijasi bilan o'z nihoyasiga etgan. Ikki marta (2009 va 2011 yil) “Dinamo” Qarshidan uch ochko bilan ketgan. Oxirgi ikki yilda “ajdarlar” Qarshida g'alaba qozonishgan. 

Taxmin: "Dinamo" 2009 va 2011 yilgi natijasini takrorlay olmasa kerak. "Ajdarlar" o'z maydonlarida g'olib chiqishlari mukin.


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика