So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  7 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  33 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

Prevyu: Hujumkor Meksika Levandovskisi bor Polshaga qarshi Yangiliklar

Prevyu: Hujumkor Meksika Levandovskisi bor Polshaga qarshi

Bugun "S" guruhidan o'rin olgan Meksika hamda Polsha terma jamoalari o'yini bor.

Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadigan uchrashuv oldidan bazi malumotlarni etiboringizga havola qilamiz. 

Ochig'ini aytganda, ushbu o'yin guruhda ikkinchi o'rin egasini aniqlab beradi. Kvartetda katta ehtimol Argentina birinchi o'rinni, Saudiya Arabistoni esa to'rtinchi o'rinni egallash uchun nomzodlardan hisoblanadi. Meksika va Polsha bugungi o'yin orqali ikkinchi o'rin egasi bo'lish uchun kurash olib boradilar deyishimiz mumkin. 


Bugungi Meksika maydonda birinchi raqamli jamoa bo'lib harakatlanadi va o'zi hujum uyushtiradi. Avvallari meksikaliklar asosan qarshi hujumdan o'z omadlarini izlashlarini kuzatardik. 

JCH-2022 boshlangunga qadar Meksika qitadoshlarimiz Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 5:0 hisobida g'alabaga erishishgandi. SHuningdek, SHveciyaga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Etiborlisi, har ikki o'yinda ham meksikaliklar o'yinda tashabbusga ega bo'lishdi va ko'plab hujumlar uyushtirishdi. 

Avvalgi Meksika esa bizda himoviy o'yin va qarshi hujumlar evaziga o'yinni tashkil etuvchi jamoa sifatida yodimizda qolgandi. Ammo so'nggi paytda, ayniqsa jamoaga Xerardo Martino bosh murabbiy sifatida kelganidan so'ng jamoa hujumkor va yuqori pressing evaziga o'yin tashkil etadigan jamoaga aylandi. Xerardo o'z vaqtida "Barselona"da, shuningdek Argentina terma jamoasida ishlagan. Uning o'yin uslubi meksikaliklar bilan ham muvaffaqiyatli kechmoqda. JCH saralashida ham Meksika peshqadam Kanada bilan bir xil ochko to'plab, AQSHni 3-o'rinda qoldirib ketdi. 

Meksikaning saralashdagi eng yaxshi hujumchisi Raul Ximenes sonidagi jarohatini yaqindagina tuzatdi. U yozdan beri maydonga tushmagandi. Qatardagi JCHgacha u tiklanishga ulgurdi. Bu orada Meksika OAVda siz va biz yaxshi taniydigan CHicharito (Xaver Ernandes) ni terma jamoaga jalb qilish faol tarzda muhokama qilindi. U ayni paytda MLS chempionatida 32 ta turdan so'ng 18 ta gol urishga erishgan. Ammo murabbiy uni yakuniy tarkibda chaqirmadi. Umuman, CHicharito uch yildan buyon Meksika terma jamoasida yo'q. Ximenes endi o'z formasini tiklaganini hisobga olsak, Meksikada u qadar "yorib chiqadigan" markaziy hujumchi yo'qligini ko'rishimiz mumkin. So'nggi o'yinlarda 30 yoshli Martin markaziy hujumchi sifatida o'ynamoqda. SHuningdek, "Napoli" hujumchisi Irvino Losano ham bor. Ammo so'nggi o'yinlarda jamoa hujumini yakunlaydigan hujumchi yo'qligi ko'zga tashlanadi. Asosiy ishni yarim himoyachilar bajarishadi. 

Levandovskisi bor Polsha

Polshaning asosiy hujumlar qanotdan, ayniqsa chap tomondan uyushtiriladi. 

Bu sxema polshaliklarning o'rtoqlik o'yinlarida, ayniqsa so'nggi CHiliga qarshi kechgan o'yinda ham ko'rindi. 3-4-3 sxemasida o'ynaydigan Polsha Frankovskiy va Zalevskiy orqali qanotda faol ishlaydi. "Lans"da barqaror o'ynayotgan Frankovskiy o'tgan mavsumda 6 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangandi. Bu mavsum esa u hali gol ura olmadi, ammo ikkita golli uzatma egasiga aylandi. SHomurodovning jamoadoshi hisoblanadigan 20 yoshli Nikola Zalevskiy esa Mourino qo'l ostida jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi - JCHgacha u 16 ta o'yinni asosiy tarkibda boshladi. SHuningdek o'ng qanotda "Aston Villa"dan Kesh ham bor. 

Polshaliklar bosh murabbiyi raqibga moslashishni yaxshi ko'radi

CHeslav Mixnevichning o'z o'yin uslubi yo'q. Polshaliklarning sobiq murabiyi Paulu Souza yuqori pressing evaziga o'yinni tashkil etardi. Raqibga bosim o'tkazish orqali to'pni olib qo'yish va oldindagi Levandovskiga koptokni uzatish. Ammo bu loyiha yarim yo'lda qolib ketdi. Mixnevich raqibdan kelib chiqqan holda taktika tuzadi. Aslini olganda bundan fojia yasash shart emas. Muammo shundaki, bu uslub Polshaga muvaffaqiyat olib kelmoqda deya olmaymiz. O'rtoqlik uchrashuvlarida darvozabon Skorupskiy jamoa joniga oro kirgandi. Millatlar ligasi va boshqa o'yinlarda asosan raqib jamoa ko'proq hujum uyushtirgandi. 


Taxminiy tarkib

Meksika terma jamoasi 4-3-3 sxemasidan foydalangan holda, Losano, Vega va Alvarado triosiga ishonadi. Markazda tayanch yarim himoyachi Alvares. Darvozada esa barchamiz yaxshi taniydigan Goilermo Ochoa. 

Polsha esa so'nggi uchrashuvlarda 3-4-3 taktikasidan foydalanmoqda. Hujum chizig'ida albatta Levandovskini kutib qolamiz. Qanotlarda esa Zelinskiy va Sviderskini ko'rsak kerak. 


Qatar. Doha. 974 stadioni

S guruhi. 

Meksika - Polsha

Bosh hakam: Kris Bit (Avstraliya)

Boshlanish vaqti: 21:00

Translyaciya: "Sport TV"

Matnli translyaciya: championat.asia


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика