So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Prevyu. “Cementchi” - “Istiqlol” Yangiliklar

Prevyu. “Cementchi” - “Istiqlol”

O'zbekiston birinchiligi 31-tur uchrashuvlari doirasida muxlislar viloyat derbisiga guvox bo'ladilar.

Bugun jamoamiz “Cementchi” Farg'onada  viloyatimizning yana bir vakili “Istiqlol” bilan bellashadi.  Ushbu mavsumdan birinchi liga musobaqalarida ishtirok etishni boshlagan “Istiqlol” debyutant jamoa bo'lishiga qaramasdan mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkaza oldi. Buni ular shu kunga qadar qayt etib kelayotgan natijalaridan ham ko'rish mumkin.

 Demak navbatdagi raqibimiz Farg'onanining “Istiqlol” jamoasi xaqida!

“Istiqlol” jamoasi 2016 yilda tashkil topgan. Birinchi liga musobaqalarida esa ushbu mavsumdan ilk marotaba ishtirok etmoqda. Jamoa barcha uy uchrashuvlarini Farg'ona shahrining markazidagi yangi qurib bitkazilgan eng zamonaviy barcha talablarga mos keladigan markaziy “Istiqlol” o'yingohida o'tkazmoqda. Natija ham shunga yarasha bo'lmoqda.

Bo'lajak raqibimiz Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi shu kunga qadar 28ta uchrashuvda maydonga tushib  7ta mag'lubiyat va 3 bor durang qayt etgan. 18ta uchrashuvda g'alaba qozongan. Bu natijalar esa bugun ularni kuchli uchlikdan o'rin olishiga zamin yaratib berdi.

O'tkazilgan uchrashuvlardagi umumiy natijalari esa quyidagicha:

O'tkazilgan o'yinlar – 28ta

G'alaba – 18ta

Durang – 3ta

Mag'lubiyat - 7ta

Kiritilgan gollar soni – 53ta

O'tkazib yuborilgan gollar – 28ta

To'plar nisbati – 25ta

Jadvalda egallab turgan o'rni –

   

Jamoamiz “Istiqlol” bilan faqat bir marotaba rasmiy uchrashuvida  ro'baro' kelishgan. Ushbu bahs mavsumning birinchi davrasida bo'lib o'tgan edi. Bu uchrashuvda jamoamiz 2:1 hisobida g'alaba qozongan. 

O'zbekiston birinchiligi 5-tur uchrashuvi 

2017 yil 23 aprel yakshanba

“Cementchi” - “Istiqlol” 2:1

Gollar: Davron Isoqov (56), Maruf Zokirjonov (87), Ilhomjon Voxobov (90+3)


Jamoadagi to'purar futbolchilar, Xoshim SHokirov hisobida 10ta va Anvar Xojimirzaev hisobida 9ta gol bor. Jamoaga hozirda Usmon Asqaraliev bosh murabbiylik qilib kelmoqda. Bu uchrashuvning qiymati nafaqat har ikkala jamoa uchun, balki  uchrashuvda qanday natija qayt etilishi qolgan etakchi jamoalar uchun ham juda muhim ahamiyatga ega.

Viloyatimizning barcha futbolsevar muxlislarini bugun markaziy “Istiqlol” stadioniga O'zbekiston birinchiligi 31-tur doirasidagi viloyat derbisi  “Istiqlol” - “Cementchi” uchrashuviga taklif etamiz!


“Cementchi” matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика