So’nggi yangiliklar

08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  0 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   4 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  14 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  31 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  419 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  5 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  9

Prevyu. "Buxoro" - "Neftchi" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Neftchi"

Edgar Gess boshqarayotgan "Buxoro" o'z maydonida Murodjon Ismoilov ustozlik qilayotgan "Neftchi"ni qabul qiladi.
BUXORO – NEFTCHI
15 mart. Vobkent. “Vobkent” stadioni. 16:30
Hakamlar:
V.Kovalenko, R.Ilyosov, M.Saidqosimov, I.Ibrohimov.
Nazoratchi: S.Ermatov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 42 bor kesishgan. Ustunlik “Neftchi” tomonida. 32ta o'yinda farg'onaliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 8ta uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. Ikki uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “Neftchi” foydasiga 94:34. O'zaro o'inlarda “Neftchi” 98 ochkoni, “Buxoro” esa 26 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Neftchi” oliy ligada “Buxoro” ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi vodiy klubining eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi esa 4:1 bo'lib turibdi.

O'tgan yilgi dastlabki to'qnashuvda “Buxoro” Alisher Mahmudovning urgan goli evaziga g'alaba qozongan – 1:0. Farg'onadagi bahsda mezbonlar himoyachisi Dilyorbek Ermatov “Neftchi”ga uch ochko keltirgandi – 1:0.

"Buxoro" maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.06.2013 Buxoro - Neftchi 1:0
03.08.2012 Buxoro - Neftchi 1:1
21.05.2011 Buxoro - Neftchi 0:1
30.04.2009 Buxoro - Neftchi 1:2
23.08.2008 Buxoro - Neftchi 0:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Buxoroda bo'lib o'tgan uchrashuvlarda maydon egalari 8 marta muvaffaqiyat qozonishgan. Ikki uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. 11 bor “Neftchi” safardan g'alaba bilan ortga qaytgan. Oxirgi ikki yilda “Buxoro” bu jamoaga o'z uyida yutqazmagan.

Taxmin: Uchrashuv Vobkentdagi stadionda bo'ladi. Agar maydon holati yomon bo'lsa hisob ochilmasligi yoki bitta gol urilishi mumkin. Ikkala jamoada yangi murabbiylar ish boshlashgan. Gess ham, Ismoilov ham mavsumni ijobiy natija bilan boshlashni istaydi.


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика