So’nggi yangiliklar

18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  0 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  1 18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  3 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0

Prevyu. "Buxoro" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Navbahor"

"Navbahor" klubi bu turni safarda "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi.

Buxoro (Buxoro) – Navbahor (Namangan)
26 oktyabr 2015. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 17:00
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent vil.), D. Saylalov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 45 bor kesishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida. 45 o'yindan 24tasida vodiyliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 14ta uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. Yana 7 uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “lochinlar” foydasiga. Namangan  klubi shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 86ta to'p kiritib o'z darvozasidan 52 marta to'p olib chiqqan. O'zaro o'ynlarda “Navbahor” 79 ochkoni, “Buxoro” esa 49 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor” oliy ligada “Buxoro” ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi “Navbahor” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 3:0 bo'lib turibdi.

12-turda Namanganda o'tgan uchrashuvda tomoshabinlar to'rtta golning guvohi bo'lishgandi. O'yinda mehmonlar vakili Suxrob Nematov hisobni ochgan, bunga mezbonlar safida Sergey Georgiev, SHaxboz Erkinov va Ulug'bek Baqoev javob berishgan – 3:1.

Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
23.03.2014 Buxoro - Navbahor 0:2
25.05.2013 Buxoro - Navbahor 1:1
29.09.2012 Buxoro - Navbahor 2:1
13.08.2011 Buxoro - Navbahor 1:1
30.10.2009 Buxoro - Navbahor 3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Buxoroda bo'lib o'tgan 22ta o'yinning 11tasida mezbonlar, 7tasida mehmonlar g'olib bo'lishgan. 4ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. Oxirgi ikki yilda “Navbahor” safarda mag'lub bo'lmagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика