So’nggi yangiliklar

08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   4 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  13 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  31 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  418 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  5 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  9 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  12

Prevyu. "Bunyodkor" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Qizilqum"

Amaldagi O'zbekiston chempioni "Bunyodkor" klubi Toshkentda Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi.
BUNYODKOR – QIZILQUM
15 mart. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 17:00
Hakamlar
: I.Tantashev, B.Qodirov, A.Qo'ldoshev, D.Pislegin.
Nazoratchi: V.Valickiy.

“Bunyodkor” va “Qizilqum” oliy ligada 14 bora to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 11tasida poytaxtliklar g'olib bo'lishgan. 2 o'yin durang hisobida yakunlangan, “Qizilqum” oliy ligada hozirga qadar “qaldirg'ochlar”ni 1 mart mag'lub eta olgan.

“Bunyodkor” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 36ta gol kiritgan, navoiyliklar esa “qaldirg'ochlar” darvozasini 8 bor ishg'ol qilishgan. “Oltin izlovchilar”  o'zaro o'yinlarda 5 ochko ishlab olgan bo'lishsa, “Bunyodkor” 35 ochkoni qo'lga kirita olgan. “Bunyodkor”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 5:1 ni tashkil qiladi. “Qizilqum”ning yagona va eng yirik g'alabasi - 1:0.
 
O'tgan yilgi bahslarda “Bunyodkor” ikki bor yirik g'alabaga erishgan. Zarafshonda Qosimov shogirdlari 3:0, Toshkentda 4:0 hisobida zafar quchishgan. Dastlabki o'yinda Oleg Zoteev (ikki bor) va Igor Taran “Qizilqum” darvozasini ishg'ol qilgan. Toshkentdagi uchrashuvda Marko Blajich dublga erishgan. Sardor Rashidov va Igor Taran hisobni yirik ko'rinish olishini taminlashgan.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.10.2013 Bunyodkor - Qizilqum 4:0
17.11.2012 Bunyodkor - Qizilqum 3:0
09.09.2011 Bunyodkor - Qizilqum 3:1
23.04.2010 Bunyodkor - Qizilqum 1:1
06.03.2009 Bunyodkor - Qizilqum 4:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” o'z uyida bo'lib o'tgan 7ta o'yinda umuman mag'lub bo'lmagan. Olti bor “qaldirg'ochlar” g'alaba qozonishgan, faqat bir marta (2010 yil) “Qizilqum” bu raqib maydonidan bir ochko bilan qaytgan. Oxirgi ikki mavsumda “Qizilqum” safarda bironta gol ura olmagan.

Taxmin: "Qaldirg'ochlar" o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirishlari ehtimoli juda yuqori. "Qizilqum" uchun bu bahsdagi durang g'alabaga teng bo'ladi. "Bunyodkor" g'alaba qozonadi.

Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика