So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  7 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  58 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

Prevyu. "Andijon" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Andijon" - "So'g'diyona"

Oliy liganing 11-turida "Andijon" o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qiladi.
ANDIJON – SO'G'DIYONA
6 iyun. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Z.Qodirov, B.Qodirov, A.Qo'ldoshev, I.Garmashov.
Nazoratchi: I.Nexochin.

“Andijon” va “So'g'diyona” Oliy ligada jami 32 bora to'qnash kelgan. Natijalar vodiy klubining kichik ustunligini ko'rsatmoqda.

“Andijon” 13ta o'yinda g'alaba qozongan. So'g'diyona 12 bor g'oliblikni nishonlagan. Olti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” 49ta gol kiritgan, “So'g'diyona” hisobida 48ta gol bor. “Burgutlar” o'zaro uchrashuvlarda 46 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'yishgan, “So'g'diyona” esa 43 ochko jamg'argan. O'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabalar quyidagicha:  “Andijon” - “So'g'diyona” 4:1,  “So'g'diyona ” - “Andijon ” 5:0.

O'tgan mavsumda “Andijon”, undan oldingi yilda esa “So'g'diyona” oliy ligada qatnashmagan. SHu sabab ushbu jamoalar so'ngi bor elitada 2011 yilda kuch sinashishgan. O'sha mavsumda Andijonda bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar g'olib bo'lishgan. Dastlab mehmonlar hujumchisi Arturos Fomenko hisobni ochgandi. Oybek Qilichev va Baxtiyor Hamidullaevning urgan gollari evaziga “burgutlar” irodali g'alabaga erishishgandi - 2:1. Jizzaxdagi bahsda Bekzod G'oziev mehmonlarni oldinga olib chiqqan, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotganda “Andijon” himoyachisi Azamat Isaev o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ygandi – 1:1.

Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.03.2011 Andijon - So'g'diyona 2:1
18.04.2009 Andijon - So'g'diyona 4:3
03.05.2008 Andijon - So'g'diyona 0:0
25.09.2006 Andijon - So'g'diyona 2:0
20.11.2004 Andijon - So'g'diyona 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt : Vodiyda ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda “burgutlar” 10 bor zafar quchishgan. 2 marta durang qayd etilgan. Jizzax klubi Andijondan 4 bor g'alaba bilan qaytgan. “So'g'diyona” ushbu klublar o'rtasidagi Andijonda kechgan o'yinlarda so'nggi bor 1999 yil g'alaba qozongan.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика