Prevyu. "Andijon" - "Paxtakor"
14 mar 2014 18:15
Yangiliklar

Prevyu. "Andijon" - "Paxtakor"
O'tgan yilni birinchi ligada o'tkazgan "Andijon" oliy ligadagi dastlabki turni o'z uyida "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.
ANDIJON – PAXTAKOR
15 mart. Andijon. “Sog'lom Avlod” stadioni. 16:30
Hakamlar: O.Tolibjonov, B.Norsafarov, V.Lushin, V.Serazitdinov.
Nazoratchi: S.Najafaliev.
“Andijon” va “Paxtakor” oliy ligada jami 40 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Paxtakor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 29ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 8ta o'yinda durang qayd etilgan. “Andijon” hisobida 3ta g'alaba bor. To'plar nisbatida ham “Paxtakor” oldinda - 100:31. O'zaro o'yinlarda “sherlar” 95 ochkoni, “burgutlar” esa 17 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Andijon”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 2:1ga teng. “Paxtakor”ning eng yirik g'alabasi 6:1.
O'tgan mavsumda “burgutlar” birinchi ligada ishtirok etishgandi. 2012 yilda “Paxtakor” ikkala bahsda ham zafar quchgan. Toshkentdagi o'yinda Egor Krimecning urgan yagona goli “sherlar”ga uch ochko keltirgandi. Andijondagi uchrashuv gollar shousiga aylanib ketgandi. Mezbonlar safida Bahrom Abdurahimov va Ibrohim Otaxonov to'p kiritishgan, mehmonlardan Temurxo'ja Abduxoliqov xet-trikka erishgan, yana bir golga SHerzod Karimov mualliflik qilgandi – 2:4.
Andijonda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.09.2012 Andijon - Paxtakor 2:4
01.07.2011 Andijon - Paxtakor 2:1
16.10.2010 Andijon - Paxtakor 1:1
05.03.2009 Andijon - Paxtakor 0:0
28.09.2008 Andijon - Paxtakor 1:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Andijonda bu jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan 20ta bahsning uchtasida “burgutlar” g'alaba qozonishgan. Beshta bahsda g'olib aniqlanmagan. 12 uchrashuv “sherlar”ning muvaffaqiyati bilan tugagan.
Taxmin: "Andijon" o'z uyida bu jamoani uch martagina mag'lub etgan. Bu "Paxtakor"ning ustunligi, "Sog'lom Avlod"ga keladigan minglab muxlislar esa "burgutlar"ning ustunligi. Bu o'yinda mehmonlar zafar quchishlari mumkin.
Narzulla Saydullaev.

Fikrlar