So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Prevyu. "Andijon" - "Dinamo" Yangiliklar

Prevyu. "Andijon" - "Dinamo"

Teglar :  DinamoAndijonprevyu
Samarqandning "Dinamo" klubi Andijonda "Andijon" mehmoni bo'ladi.

Andijon (Andijon) – Dinamo (Samarqand)
5 noyabr 2015. Andijon. "Sog'lom avlod" stadioni. 14:00
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent vil.), R. Serazetdinov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

 “Andijon” va “Dinamo” oliy ligada 39 bora to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 14tasida andijonliklar g'olib bo'lishgan. Etti o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar oliy ligada “Andijon”ni 18 marta mag'lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Andijon” darvozasiga 61ta gol kiritgan. “Andijon”ning gollari esa 50ta. “Burgutlar” o'zaro o'yinlarda 49 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “arslonlar” 61 ochkoni qo'lga kirita olishgan. “Dinamo”ning oliy ligada “Andijon” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:1ni tashkil qiladi. “Andijon”ning samarqandliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 4:1ga teng.

Dastlabki davrada “Dinamo” o'z muxlislari qarshisida zafar quchgan. Aziz Ibragimov va Otabek Zokirovning urgan gollariga “burgutlar” safida Temur Vasilev javob bergandi – 2:1.

Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.04.2014 Andijon - Dinamo 2:3
14.04.2012 Andijon - Dinamo 0:3
25.08.2011 Andijon - Dinamo 2:0
14.08.2010 Andijon - Dinamo 1:0
03.10.2009 Andijon - Dinamo 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Andijon” o'z uyida bo'lib o'tgan 19ta o'yinning 13tasida g'olib bo'lgan. Ikkita uchrashuvda durang qayd etilgan. “Dinamo” safarda 4 bor Andijondan uch ochko bilan qaytgan. Qizig'i vodiyda o'tgan oxirgi ikki o'yinda “arslonlar” safarda bo'lishiga qaramay g'alabaga erishishgan.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика