Prevyu. "Al Arabi" - OKMK: Guruh yo'lanmasi uchun bahs prevyusi
21 avg 2023 16:50
Yangiliklar
Prevyu. "Al Arabi" - OKMK: Guruh yo'lanmasi uchun bahs prevyusi
"Al Arabi" jamoasi 1952-yilda tashkil topgan. "Al Arabi" 7 karra Qatar chempioni, 9 karra Qatar kubogi, 6 karra mamlakat superkubogi va Qatar liga kubogi sohibi hisoblanadi.
Jamoa o'tgan mavsum Qatar yulduzlar ligasida OCHL pley-off bosqichiga yo'llanma beruvchi 2-o'rinni egallagan. Yaqinda boshlangan mavsumda esa bo'lajak raqibimiz, chempionat 1-turi doirasida "Al SHamal"ga qarshi uchrashuvda durang (1:1) qayd etdi.
Hozirda "Al Arabi" jamoasini mahalliy murabbiy Yunus Ali boshqaradi. Tarkibda Rafinya Alkantara, Abdu Diallo, Aron Gunnarsson va Umar Al Soma singari taniqli futbolchilar to'p tepadi.
"Al Arabi" — OKMK uchrashuvi 22 avgust kuni Dohadagi "Al Tumama" stadionida mahalliy soat bilan 20:30da, Toshkent vaqti bilan esa 22:30da start oladi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar