So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  33 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  5 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

Prevyu. A Seriya: "Milan" "Napoli"dan alamini oladimi? Yangiliklar

Prevyu. A Seriya: "Milan" "Napoli"dan alamini oladimi?

Italiya chempionatining 21-turidan o'rin olgan ikkita bellashuv bugun bo'lib o'tadi.


Turni ochib beradigan o'yin Veronada o'tkaziladi. Unda mahalliy "Kevo" jamoasi Florenciyaning "Fiorentina"sini qabul qiladi. O'tgan turda "Inter"ga mag'lub bo'lgan Rolando Maran shogirdlari chempionat peshqadami "Yuventus"ni dog'da qoldirgan "Fiorentina"ning qarshiligini engishga harakat qilib ko'rishadi.

"Kevo" o'z uyida o'tkazilgan 10ta uchrashuvning 4tasini o'z foydasiga hal etishga muvaffaq bo'lgan. Uchta o'yinda esa durang va yana shuncha bahsda imkoniyatni boy bergan.

"Fiorentina" esa mehmondagi 9ta bellashuvning uchtasini g'alaba bilan yakunlagan. SHuningdek, safardagi o'yinlarning bittasi durang va yana beshtasi mag'lubiyat bilan tugagan.

Jamoalar ushbu o'yinga ikki xil kayfiyat bilan kelishmoqda. "Kevo" o'tgan turdagi muvaffaqiyatsiz o'yindan so'ng o'z muxlislari ko'z o'ngida g'alabani ko'zlasa, "Fiorentina" g'alabali odimni davom ettirishga urinib ko'radi.

Florenciyada o'tgan birinchi davra o'yinida "Fiorentina" Karlos Sanchesning goli evaziga g'alaba qozongandi. SHuningdek, ushbu jamoalar yaqinda Italiya Kubogi doirasida ham o'zaro duch kelishdi. Bu to'qnashuvning ilk uchrashuvida ham "Fiorentina" kichik hisobda ustun keldi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:

Ushbu jamoalar jami 25 marotaba o'zaro kuch sinashishgan. Bu bahslarning beshtasida "Kevo"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 17ta o'yin "Fiorentina"ning foydasiga hal bo'lgan. Qolgan uchta bellashuvda esa g'olib nomi aniqlanmagan.

A Seriya, 21-tur. Turnir jadvali

"Kevo" - "Fiorentina" (22:00)

"Bentegodi" stadioni.

Bosh hakam: Fabio Mareska.


Turning va kunning markaziy va qiziqarli uchrashuvi Milanda bo'lib o'tadi. "San Siro" stadioni Toshkent vaqti bilan 00:45da ajoyib futbol spektakliga mezbonlik qiladi. Turnir jadvalida deyarli yonma-yon ketayotgan ushbu ikki jamoalar bugun 6 ochkolik qiymatga ega bahsda o'z kuchlarini sinab ko'rishadi. "Milan" jamoasi "Napoli"dan bitta kam o'yin o'tkazib, ulardan 4 ochkoga ortda qolmoqda. Bu o'yindagi g'alaba qaysi jamoa "Yuventus"ga chempionlik uchun bo'ladigan kurashda to'sqinlik qilishga urinib ko'rishiga qaysidir manoda oydinlik kiritadi. "Napoli" agarda imkoniyatni boy beradigan bo'lsa, unda "Milan"ni o'ziga yaqinlashtirib oladi va "Roma" va "Yuventus"ni oldinga qo'yib yuborishi mumkin. "Milan" o'zi uchun kerakli natijani qo'lga kirita olmasa, unda Montella shogirdlari uchun kuchli-uchlik eshiklari qattiqroq yopiladi.

"Milan" jamoasi 13 dekabrdan buyon (5 o'yin) mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. "Napoli" esa oxirgi marta "Yuventus"ga yutqazgandi. Mauro Sarri jamoasining mag'lubiyatsiz seriyasi 13ta etdi. Ular so'nggi bor 29 oktyabr kuni imkoniyatni boy berishgandi.

Bu jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvi juda shiddatkor va keskin kurashlarga boy tarzda o'tgandi. Jami oltita gol kiritilgan o'yinda "Napoli" 4:2 hisobida ustun kelgandi.

"Milan" o'sha bahs uchun ham alam olish maqsadida bugun ikki hissa kuch bilan maydonga tushishini taxmin qilish mumkin.

O'zaro o'yinlardagi fakt:

Bu jamoalarning o'zaro o'yinlar tarixi ancha uzun. Ustunlik esa "Milan" tarafida. "Rossonerilar" o'tkazilgan 139 uchrashuvning 54tasida g'alaba nashidasini surishgan. "Napoli"da esa g'alaba ko'rsatkichi 41taga teng. Qolgan 44ta o'yinda esa durang qayd etilgan.


"Milan" - "Napoli" (00:45)

"San Siro" stadioni.

Bosh hakam: Janluka Rokki.

Translyaciya (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)


* Italiya A Seriyasining 21-turidan o'rin olgan qolgan uchrashuvlar yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика