So’nggi yangiliklar

10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  3 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  2 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  1 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  1 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  2 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  4 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  4 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  6 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0

"Poydevor bo'lmasa, natija ko'rsatish qiyin" Murabbiylarning 26-turdan keyingi iqtiboslari Yangiliklar

"Poydevor bo'lmasa, natija ko'rsatish qiyin" Murabbiylarning 26-turdan keyingi iqtiboslari

Superliganing 26-turi bir qator shiddatli o'yinlarga boy o'tdi. Mavsumning finishi yuqori tempda yakunlanishi esa quvonarli, albatta.

Bunday uchrashuvlardan so'ng tabiiyki murabbiylarda ham qiziqarli fikr va mulohazalar yuzaga keldi. Tur iqtiboslari ruknida klublarning bosh murabbiylari tomonidan yangaragan fikrlarni yana bir yodga olamiz. 

"Bunyodkor" bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov jamoasining tayyorgarligi va muxlislar haqida shunday dedi.

"Har bir o'yin oldidan raqiblarga qarshi tayyorlanamiz. Lekin ichki raqib vahimali bo'ladi. Bugun ham yutqazayogan paytimizda xursand bo'lib, bizga qarshi muxlislik qilganlar bo'ldi. Barchasini ayta olmayman, vafodor muxlislarimiz ham bor". (s) SHuhrat Maqsudov 

Turli gap-so'zlarga qaraganda, keyingi yil "Paxtakor" byudjeti qisqarishi va tarkib yosharishi kutilayotgan ekan. Jamoa bosh murabbiyi Piter Xyuistra ushbu masalada shunday dedi. Uning fikricha, "Paxtakor" yoshlar bilan ham sifatli futbol ko'rsata oladi. 

"Bu klub rahbariyatining qaroriga bog'liq. Agar yoshlar bilan o'ynaydigan bo'lsak, akademiyamizda iqtidorli yoshlar juda ham ko'p. Ular bilan o'ynasak ham, sifatli futbol ko'rsata olamiz". (s) Piter Xyuistra 

"Qizilqum" klubi bosh murabbiyi Hamidjon Aktamovning matbuot anjumanlaridagi noodatiy va original fikrlariga odatlanganmiz. "Metallurg" bilan o'yindan so'ng mutaxassis keyingi yillarda katta o'zgarishlar bo'lishiga shama qildi.

"Menimcha, Navoiyda katta o'zgarishlar bo'ladi. Jamoada ham, infrastruktura ham yangilanadi. Quvondiq Sanoqulov boshchiligida futbol baza, akademiya, stadionlarimizni yangilab beraman, dedilar. Ulardan juda ham minnatdormiz. Ravshan Ermatov va Quvondiq Sanoqulov hozir katta loyiha ustida ishlashmoqda. O'ylaymanki, Navoiyda endi futbol paydo bo'ladi. Hozirgacha biz oliy ligada qo'limizdan kelganicha qatnashib turdik. Ammo poydevor bo'lmasa, natija ko'rsatish qiyin". (s) Hamidjon Aktamov

"Turon" bosh murabbiyi Bahrom Hakimov o'ziga nisbatan "qarib qolibsiz" degan mazmundagi tanqidlarga "Andijon" bilan bahsdan keyin matbuot anjumanida quyidagicha javob berdi:

"Metallurg" bilan o'yindan so'ng futbol "professorlari" men to'g'rimda yaxshi gaplarni yozishmadi. "Keksayib qolibsiz, ishni to'xtating" qabilidagi fikrlarni aytishdi. Kimdir men bilan 50-60 metr masofaga chopishmoqchi bo'lsa, marhamat. Yoki boshqacha usulda musobaqalashmoqchi bo'lsa ham tayyorman". (s) Bahrom Hakimov 

AGMK jamoasida joriy mavsum ikkinchi o'rinni olish uchun juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Biroq so'nggi turda o'z maydonida "So'g'diyona"ga engildi. Qizig'i, dastlab kubok, keyin Superligada VAR tizimi raqiblar foydasiga qaror chiqardi. Hakamlik borasida Mirjalol Qosimov quyidagicha mulohazalari bilan o'rtoqlashdi:

"Bir narsa borda, biz ham osmondan tushib qolmaganmiz. Insof o'ziga bersin, menga ham, barchamizga insof bersin. Bunday muxlislar O'zbekistonda yo'q, muxlislarni aldab bo'lmaydi. Biz OKMK zavodida og'ir mehnat qiladigan insonlar ishdan keyin kelib, hordiq chiqarishlari uchun o'ynaymiz. Hakamlarga baho beradigan insonlar bor, men o'z ishim bilan shug'ullanishim kerak". (s) Mirjalol Qosimov

Tarixiy natija qayd etgan "So'g'diyona" chempionatda kumush medallariga ega chiqdi. Jamoa ko'rsatayotgan o'yin borasida saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev statistikalar bilan tanqidiy maqola yozgan edi. Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan Ulug'bek Baqoev AGMK bilan uchrashuvdan keyin bu borada o'z fikrini bildirdi:

"To'g'risini aytganda, bu jurnalist kim ekanligini bilmayman. U qaerdan bunday statistikani olganini bilmayman. Futbolda ko'plab natijalarni hisobga olish kerak, biroq u biz haqiqatdan ham eng yomon bo'lgan vaziyatlardagi statistikani olgandi. Jamoa uchun faqat natija kerak. Jamoa bu uchun qanday o'ynaydi. Istasa himoyadan o'yin olib boradi yokida hujum qilib". (s) Ulug'bek Baqoev

"Navbahor" bosh murabbiyi Viktor Jalilov jamoasining mavsumdagi ishtirokini kema misolida tushuntirdi:

"Birinchi davradan kelib chiqib fikr yuritsak, jamoamiz go'yo to'fonga tushib qolgan kemaga o'xshardi. Bir o'yinda g'alaba qozonsak, birida o'z maydonimizda ochko yo'qotdik, keyin esa mehmondagi uchrashuvlarda ochko oldik. Barqarorlik etishmadi. Ikkinchi davrada esa o'yinda muvozanatni tiklashga erishdik, “kema” ham to'g'ri yo'liga tushib, ravon “suzish”da davom etdi". (s) Viktor Jalilov

Mavsum so'ngida "Metallurg"ni Superligada olib qolgan Luisma Ernandes O'zbekiston kubogi finaliga taxmin bildirdi: 

"Qiziq o'yin bo'ladi. Mavsumning yakuniy o'yini bo'lgani uchun ikki jamoa ham borini berib harakatlanadi. Qog'ozda "Paxtakor" – favorit, lekin "Nasaf" jang taklif qiladi". (s) Luisma Ernandes


Abdulaziz Iskandarov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика