Portugaliya TJ azosi: “Millatlar Ligasini o'ylashga vaqtimiz yo'q, bor etiborimizni Jahon chempionatiga qaratganmiz”
28 sen 2022 09:30
Yangiliklar
Portugaliya TJ azosi: “Millatlar Ligasini o'ylashga vaqtimiz yo'q, bor etiborimizni Jahon chempionatiga qaratganmiz”
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Ruben Nevesh Millatlar Ligasi 6-turida Ispaniyaga uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ispaniya to'pni nazorat qilishini bilardik. SHuningdek, to'p nazoratini o'z qo'limizga olishga qodirligimizni ham bilardik. Biroq, dastlabki 15 daqiqalikda yaxshi pressing qilolmadik. Keyin esa bahsga kirishib ketdik, uchrashuvni nazorat qildik, ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo oxirgi daqiqalarda juda passiv harakat qildik va gol o'tkazib yubordik. Bizda fantastik ishtiyoq bor edi, oxirigacha kurashdik.
Hozir bu musobaqa haqida o'ylashga vaqt yo'q. Endi bor etiborimizni jahon chempionatiga qaratamiz”, deydi Nevesh.
Eslatib o'tamiz, portugaliyaliklarga bo'lajak mundial guruh bosqichida Urugvay, Gana hamda J.Koreya raqiblik qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar