"Portu" mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha Portugaliya chempionati rekordini o'rnatdi
12 apr 2022 19:01
Yangiliklar
"Portu" mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha Portugaliya chempionati rekordini o'rnatdi
"Portu" "Gimaraynsh"ni yutib, ligadagi mag'lubiyatsiz seriyasini 57 ta o'yinga etkazdi va bu ko'rsatkich bo'yicha rekord o'rnatdi.
Turnir jadvalida 6-o'rinda borayotgan "Gimaraysh" Portugaliya chempionatining 29-turi doirasida o'z maydonida chempionat peshqadami "Portu"ni qabul qildi. O'yin mehmonlarning 0:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Serjiu Konseysau shogirdlari milliy ligada 57 ta o'yinda mag'lubiyatga uchramadi, bu esa mutlaq rekord sanaladi.
Eng uzoq davom etgan mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha avvalgi rekord "Benfika"ga tegishli edi. Lissabonliklar milliy chempionatda 56 ta o'yinda yutqazishmagan.
"Portu" 29 turdan so'ng milliy chempionatda eng yaqin taqibchisi "Sporting"ni 6 ochkoga ortda qoldirib, 1-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar