So’nggi yangiliklar

09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  6 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  6 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  8 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  17 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  4 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  2 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  5 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  3 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  16 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0

Portlovchi kukun solingan bochkada: yozda ishidan ayrilishi mumkin bo'lgan murabbiylar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Portlovchi kukun solingan bochkada: yozda ishidan ayrilishi mumkin bo'lgan murabbiylar (mutolaa uchun)

Hech narsa kafolatlanmagan mutaxassislar haqida gaplashamiz.

Odatda turli sabablarga ko'ra klubsiz qolishi mumkin bo'lgan o'yinchilar muhokama qilinadi. Ammo, bunday taqdir faqatgina futbolchilarning boshiga tushmaydi. Murabbiylar o'yinchilarga qaraganda ko'proq ishlarini yo'qotishadi, sababi ulardan shu erda va hozir natija talab qilishadi. Istefoga chiqarilish xavfida bo'lgan butun bir mutaxassislar guruhi bor. Bugun ular haqida gaplashamiz.


Grem Potter ("CHelsi")

Potter joriy mavsumda katta bosimni boshidan o'tkazmoqda. Balki top-klublar murabbiylari orasidagi eng katta bosimni. "CHelsi"ning yangi xo'jayinlari transferlarga juda katta pullarni ajratishmoqda. Jamoa sezilarli darajada o'zgardi, ammo natijalar hozircha minimal ko'rinish olgan.

"Ko'klar" CHempionlar ligasi chorak finaliga chiqishdi, ammo kelasi mavsumda umuman evrokuboklarsiz qolishlari mumkin. APL turnir jadvali o'rtasidagi o'rin – London klubi uchun juda zaif natija. Potterga ishonch bildirilmoqda, ammo qandaydir natijaga erishilmasa, mutaxassisning "Stemford Brij"dagi faoliyatini yakunlanishi mumkin.



Brendan Rojers ("Lester")

Rojers "Lester"ni muvaffaqiyatlarga qaytargan bo'lsa ham, uning klubdagi vaziyati qayg'uli. Klaudio Raneri bilan sensacion chempionlikdan so'ng "Liverpul" sobiq ustozi "tulkilar"ga Angliya Kubogini va Superkubogini olib keldi. Bu "Lester" uchun muhim sovrinlar, ammo aftidan klub ortiq o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ymagan.

Rahbariyat katta pullar evaziga muhim o'yinchilarini sotmoqda, ammo ularga teng o'rinbosarlar bilan shartnoma imzolamayapti. Jamoa tarkibi yozgi transfer oynasidan so'ng sezilarli daraja zaiflashdi, shu sabab "tulkilar" haligacha APL turnir jadvalining ikkinchi yarmida yurishibdi. Ammo, tez-tez bo'ladigandek, bunga murabbiy aybdor deb topilishi mumkin.  



Antonio Konte ("Tottenxem")

Kontega hozir chetlatish xavf solmayotgan bo'lishi mumkin, ammo uning baribir mavsum so'nggida "Tottenxem"dan ketish xavfi bor. Mutaxassisning London klubi bilan shartnomasi iyunga qadar mo'ljallangan va uning uzaytirmaslik ehtimoli bor. Mish-mishlarga ko'ra, italyan va "shporlar" rahbariyati birgalikdagi faoliyatdan xursand emas.

"Tottenxem" bosslariga jamoaning barqaror ishtirok etmayotgani yoqmayapti. Mutaxassis tarkibdan norozi va transferlarga pul xohlamoqda, ammo mablag'ning ko'p bo'lishi aniq emas. SHuningdek, Xarri Keynning ham kelajagi yana noaniq bo'lib qolmoqda. "SHporlar"da Konte bilan barchasi yaxshi boshlangandi, ammo vaziyat asta-sekin yomonlashmoqda, yozga kelib esa umuman yomonlashishi mumkin.



Simone Inzagi ("Inter")

Bir tomondan, Inzagi qo'l ostidagi "Inter"da hammasi yomon ketmayotgandek. "Neradzurri" endilikda skudetto uchun davogarlik qilishmayapti, ammo A Seriya turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi va CHempionlar ligasi chorak finaliga chiqishi mumkin. Ammo, klubda birinchi navbatda mutaxassisning ichki arenalardagi ishidan unchalik qoniqishmayapti.

"Qora-ko'klar" o'tgan mavsum chempionlik uchun kurashni "Milan"ga boy berishdi, joriy mavsumda esa ko'p ochko yo'qotishdi va "Napoli" bilan kurashga kira olishmadi. Rahbariyat ochiqchasiga barqarorlik yo'qligidan noroziligini bildirdi, bu esa kadrlar o'zgarishiga olib kelishi mumkin.



Diego Simeone ("Atletiko")

"Atletiko" 2020/21 yilgi mavsum so'nggida Ispaniya chempioniga aylandi. Ammo, "matraschilar" aftidan ketma-ket ikkinchi yili sovrinlarsiz qolishmoqda. Ular kurashishi mumkin bo'lgan yagona narsa kelasi mavsum CHempionlar ligasiga chiqishdir. Bu katta maqsadlarga ega klub uchun kam. Buni Simeone ham tushunmoqda. Mutaxassis rostdan uning kelajagi mavsum so'nggida hal bo'lishini aytdi.

"Atletiko" 12 yil davomida argentinalik bilan ko'plab emocional va hatto g'alabali vaziyatlarni o'tkazdi, ammo tomonlar hamkorlikni davom ettirgani sayin, muvaffaqiyatga erishish qiyinlashmoqda. Ertami-kechmi Simeonening "matraschilar" bilan tarixi yakuniga etadi. Balki bir necha oylardan keyindir.



Kristof Galte (PSJ)

PSJ bosh murabbiyi bo'lish – juda qiyin ish. Buni Tomas Tuxel ham, Maurisio Pochettino ham his qilib ko'rishdi. Endi Galtening navbati keldi. Yulduzli futbolchilar soni ko'p bo'lgan jamoani boshqarishning murakkabligi har qanday mag'lubiyatdan keyin murabbiyni ishdan bo'shatishi mumkin bo'lgan aqlbovarqilmas maqsadlarga ega rahbariyatga bog'liq.

Parijda ishlar yomonlasha boshladi. Mahalliy OAV mutaxassisga rahbariyat tomonidan oshib borayotgani, shuningdek futbolchilar uning taktik qarashlaridan norozi ekanligini yozmoqda. Barchasi Galtening Franciya poytaxtida uzoq vaqt qolmasligiga ishora qilmoqda, ayniqsa CHempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan chiqib ketishdan so'ng.



Karlo Anchelotti ("Real Madrid")

Bir tomondan, Anchelottining istefosi uchun jiddiy sabab yo'q. Pasayish barcha jamoalarda bo'ladi. "Real" buni chempionlik va CHLdagi g'alabalardan so'ng 1 mavsumga kechirishi mumkin. Keyin nima bo'lishi boshqa savol. Ispaniyada mutaxassisning transferlar yo'qligidan noroziligi haqida yozishmoqda. Yozda ham katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Transfer masalasi murabbiy va "qirollik klubi" o'rtasida to'siq bo'lishi mumkin.

Balki, joriy mavsum so'nggiga ko'ra "qaymoqranglilar"da sovrinlarning bo'lmasligi Anchelottini yomon vaziyatga qo'yishi mumkin. Joriy mavsum "blankos" doim iroda evaziga g'alaba qozona olmasligini ko'rsatmoqda. Jamoaga kuchayish kerak, ammo doim bo'lganidek, rahbariyat jamoaga yangi murabbiy kerak deb hisoblashi mumkin.



Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика