So’nggi yangiliklar

22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  8 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  13 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  22 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  4

Plyaj futboli: Terma jamoada yangi nomlar paydo bo'lishi mumkin Yangiliklar

Plyaj futboli: Terma jamoada yangi nomlar paydo bo'lishi mumkin

Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston CHempionati va Kubogi bahslari terma jamoa bosh murabbiyi Ahadjon Yusupov uchun terma safiga yangi nomzodlarni saralab olish imkonini berdi.
Qayd etish joiz, 15-19 iyul kunlari Qarshi shahrida plyaj futboli bo'yicha VIII O'zbekiston Kubogi bahslari bo'lib o'tdi. Kubok o'yinlari yakuniga etgach, 20-24 iyul kunlari Qarshida plyaj futboli bo'yicha VIII O'zbekiston CHempionati o'yinlari o'tkazildi.

Etiborlisi, har ikkala turnirning final bahsida Qarshining ikki jamoasi - Dustlik-AIN va Nasaf klublari o'zaro g'oliblik uchun kurash olib borishdi va har ikkala finalda ham Dustlik-AIN raqibi ustidan g'alaba qozondi. Kubok finalida Dustlik-AIN Nasaf ustidan 8:3 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, CHempionat finalida 6:3 hisobi qayd etildi va Dustlik-AIN O'zbekiston chempioni nomiga sazovor bo'ldi.

Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ahad Yusupovning qayd etishicha, Kubok va CHempionat bahslari terma jamoga yangi futbolchilarni saralab olishda yordam beradi. Eslatib o'tamiz, plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi shu yilning noyabr oyida bo'lib o'tadigan plyaj sport turlari bo'yicha IV Osiyo O'yinlarida ishtirok etadi.

CHempionat va Kubok o'yinlari menda katta taassurot qoldirdi. Har ikkala musobaqa juda qiziqarli o'tdi va eng ahamiyatlisi, terma jamoaga yangi nomzodlarni saralab olishimizga imkon berdi, - deydi Ahad Yusupov.

Plyaj futboliga qiziqish oshib borayotgani muhim. Bu sport turi bilan qancha ko'p odam shug'ullansa, uni rivojlantirish ham shuncha oson kechadi, - deydi Yusupov.

Noyabr oyida oyida plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlarida ishtirok etamiz. Ungacha terma jamoa ishtirokida bir qancha yig'inlar tashkil etishni va shu yig'inlar orqali yakuniy tarkibni aniqlab olishni maqsad qilganmiz. Umid qilamanki, turnir boshlangunicha yaxshi sport formasiga kirishga ulguramiz va musobaqada ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz, - dedi terma jamoa bosh murabbiyi.

Malumot uchun, plyaj sport turlari bo'yicha IV Osiyo O'yinlari noyabr oyida Tailandning Pxuket shahrida bo'lib o'tadi. Mazkur Osiyo O'yinlarida jami 19ta sport turi bo'yicha sportchilar g'oliblik uchun kurashadilar. Osiyo O'yinlaring futbol musobaqasi esa 14-20 noyabr kunlari oralig'ida o'tkaziladi va unda Osiyoning 16ta terma jamoasi ishtirok etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика