So’nggi yangiliklar

15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  0 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  2 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  0 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  0 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  7 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  6 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  10 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  3 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  2 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  5 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  7

Piter Xyuistra: "Penaltilar seriyasiga tayyorlagan rejamiz bor edi" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Penaltilar seriyasiga tayyorlagan rejamiz bor edi"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi yarim final bosqichidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun kubokka xos bo'lgan haqiqiy shiddatli o'yin bo'ldi deb aytish mumkin. O'yinni yaxshi boshladik, dastlabki daqiqalarda golli vaziyatlarni yaratdik. Biroq qizil kartochkadan so'ng birgina xatoga yo'l qo'ydik. SHu xatodan "Bunyodkor" foydalanib ketdi. O'yinning aksariyat qismini jamoamiz nazorat qildi, ular ustunroqdek ko'rinishdi. Hisobni tenglashtirgan xolda o'yinga qaytdik. Futbolchilarimiz yaxshi o'ynashdi. Penaltilar seriyasida g'alaba qozonib omadga erishdik. Jamoamiz azolarini harakatlaridan qoniqish hosil qildim.

- SHerzod Temirov maydonning hamma qismiga ulgurayotgandi. Uning o'rniga Boyan Matichning tushirilishi sababi nimada?

- To'g'ri, o'yinni juda yaxshi boshladik. Hujumdagi futbolchilarga etirozim yo'q. Lekin kartochkadan so'ng biz o'zgarishlarni amalga oshirishimiz zarur edi. Boyan Matich yaxshi harakat qildi, jamoaviy o'yinlarda ishtirok etdi. SHuningdek, penaltilar seriyasida ham zarbani sovuqqonlik bilan yo'llab gol urdi. Bu - juda muhim jihat. Barcha futbolchilar qiyin pallada xotirjam harakat qilganliklari meni g'ururlantirdi.

- Jamoani mavsum so'ngida qiyin taqvim kutib turgandi. CHempionatning so'ngi turida yana "Bunyodkor"ga qarshi o'ynaysizlar. Jamoa oldindagi o'yinlarga ruhan va jismonan tayyormi? "Nasaf"ga qarshi final uchrashuvidan nimalarni kutayapsiz?

- Futbolchilarimiz jismoniy jihatdan yaxshi xolatda. "Lokomotiv" bilan sifatli o'yin o'tkazdik. 3 kundan so'ng bizga Dragan CHeran va SHerzod Azamovlar yordam bera olishmaydi. Ular borasida qarorni kutamiz. Kuchli jamoalarga qarshi o'ynash bizga yoqadi. Biz oldindagi o'yinlarga tayyormiz deb ayta olaman.

- O'yindagi hakamlik borasida fikringiz qanday?

- Bu hakamning o'yinlarni boshqarishi menga yoqadi. Yaxshi hakam, bugungi qarorlarni VAR tizimi orqali chiqardi. Hakamlik haqida doim tortishish mumkin. Lekin bugungi o'yin hakami takroriy vaziyatlarni ko'rib keyin xulosa chiqardi, bizda bu borada etiroz yo'q.

- Penaltilar seriyasida yosh futbolchilar ham ishtirok etishdi. Bu oldindan tayyorlangan reja edimi?

- O'zi penaltilar seriyasiga tayyorlagan rejamiz bor edi. Biroq o'yinning oxiriga kelib tanlangan futbolchilar o'zgarib ketishdi. Zaxiralar bo'ldi, 2 ta qizil kartochkalar oldik. Yakuniy qarorni o'zim mashg'ulotlardan keyin qolib jarima zarbalari ustida ishlaydigan futbolchilar evaziga shakllantirdim.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика