So’nggi yangiliklar

12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  0 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  14 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  12 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  14 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  20 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  8 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  6

Piter Xyuistra: "Futbolchilarimiz jang qila olishlarini namoyon etishdi" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Futbolchilarimiz jang qila olishlarini namoyon etishdi"

Bugun bo'lib o'tgan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.





Bunda "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra savollarga javob qaytardi. 

- Judayam qiziqarli bahs guvohi bo'ldik, biz oldingi o'yinchalik bugun yaxshi o'ynay olmadik. "Nasaf"ning bizga qarshi zo'r tayyorgarlik ko'rgani sezilib turdi va raqib o'yinni juda yaxshi boshladi. Uchrashuv avvalida bir nechta xatolarga yo'l qo'ydik va buning oqibatida "Nasaf"da bo'sh zonalar vujudga keldi. 

"Nasaf" hisobni 2:0 ko'rinishga keltirganida biz yanada qiyin vaziyatga tushib qoldik. Ammo jamoamiz xarakter ko'rsatib yakunda 3:2 hisobida g'alaba qozona oldik. Futbolchilarimiz jang qila olishlarini namoyon etishdi. Stadion to'la payt o'ynash oson emas, chunki bosim yuqori bo'ladi. Lekin ikkinchi tomondan futbolda baribir muxlislarni ko'rish yoqimli. 

O'ylaymanki, bizda futbolchi almashtirishlar to'g'ri bo'ldi va buning oqibatida o'yinimiz kuchaydi. Yosh futbolchi Ibrohimxalil Yo'ldoshev g'alaba to'pini kiritdi, bu esa menga juda yoqdi. CHempionatni safarda g'alaba bilan boshlash yoqimli. Endi bu o'yinni unutib dushanba kuni bo'ladigan "Mashal"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz, - deya o'z fikrlarini bildirdi Piter Xyuistra. 


- "Nasaf"ning o'yinini qanday baholaysiz? Raqibning kamchiligi nimada bo'ldi? 

- Nima deyishim mumkin, "Nasaf" - yaxshi jamoa. Ular hujumkor futbol namoyish etib, bizni shoshirib qo'yishdi. Bugungi bahsda oramizdagi farq vaziyatlardan foydalanishda bo'ldi.


- "Paxtakor"ni etakchi futbolchilar tark etdi. Bu yo'qotishlar jamoa o'yiniga salbiy tasir qilmaydimi? 

- To'g'ri, jamoamizni bir nechta o'yinchilar tark etdi va bu futbolda bo'lib turadigan holatlardan biri. Biz esa bor tarkib bilan ishlashda davom etishimiz kerak. Meni xursand qilayotgan tomoni - markaziy himoyamizda Egor Krimec va Anzur Ismoilovga o'xshagan tajribali futbolchilarning borligi. SHuningdek, yoshlardan Erkinov, Yo'ldoshev kabilarni ayta olaman. Qo'limizdagi bor futbolchilardan foydalanib kuchli tarkib tuzishga harakat qilamiz. 


- Ikki uchrashuvdirki o'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmayapti. Qachonki Ibrohimxalil zaxiradan tushib, Sayfiev o'ng qanotga o'tkazilgach, "Paxtakor" o'yini qovusha boshladi. Keyingi bahslarda Hojiakbarni zaxirada qoldirib, asosiy tarkibda Sayfiev bilan Yo'ldoshevni tushirish rejangiz bormi? 

- Keyingi uchrashuvda nima bo'lishini bilmayman, chunki dushanbagacha oldimizda vaqt bor va hali mashg'ulotlar o'tkazamiz. Yo'ldoshev yaxshi futbolchi, u g'alaba to'pini kiritganida xursand bo'ldim. Lekin bizda boshqa yaxshi futbolchilar ham bor va kim mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatsa o'shalar boshlang'ich tarkibdan joy egallaydi. 


- Transfer oynasi yopilguncha "Paxtakor" o'z tarkibiga legioner qo'shib oladimi?

- Albatta, biz bir nechta futbolchini kuzatib boryapmiz. Agar har tomonlama bizga maqul keladigan futbolchi bilan kelishuvga erishsak, yaxshi bo'lardi. Agar bunday bo'lmasa, unda yoshlar bilan ishni davom ettiramiz.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика