Pioli "Milan" haqida: "O'zingizni kimdir bilan solishtirmang. SHunchaki, ishlashda davom eting va maqsadni yuqoriroq qo'ying"
18 dek 2023 12:33
Yangiliklar
Pioli "Milan" haqida: "O'zingizni kimdir bilan solishtirmang. SHunchaki, ishlashda davom eting va maqsadni yuqoriroq qo'ying"
"Rossoneri" ustozi A Seriya navbatdagi turida "Monca" mag'lub etilgach (3:0), fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz ishlashda davom etishimiz va bor etiborimizni o'zimizga qaratishimiz, darajamizni ko'tarib borishimiz va stabillikka erishishimiz zarur.
Bugun nafaqat "Monca" tufayli, balki biz chorshanba kuni ("Nyukasl"ga qarshi) ko'p kuch yo'qotganimiz uchun ham oson bo'lmadi. Yigitlar vaziyatga to'g'ri munosabat bildirishdi va motivaciya topa olishdi. Yosh futbolchilarimiz olqishga munosib, klubning bu yo'nalishdagi faoliyati uzoq yillardan buyon o'z mevasini berib keladi.
Takror aytaman, biz fokusni o'zimizga qaratishimiz va boshqalar bilan solishtirmay, mehnat qilishda davom etib, maqsadlarni yuqoriroq qo'yaverishimiz zarur. Uyog'ini esa vaqt ko'rsatadi", – dedi Pioli.
Eslatib o'tamiz, 16 turdan keyin "Milan" A Seriyada 3-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar