Pioli: "G'alati o'yin. Biz ertaroq gol urishimiz kerak edi"
02 okt 2022 10:31
Yangiliklar
Pioli: "G'alati o'yin. Biz ertaroq gol urishimiz kerak edi"
A Seriyaning 8-turi doirasidagi "Empoli"ga qarshi o'yindan keyin "Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu jamoaviy g'alaba, biz doimo shunday yutyapmiz. Birgalikda o'syapmiz va muvaffaqiyatlarga erishyapmiz.
Juda g'alati va murakkab o'yin bo'ldi. Ertaroq gol urishimiz kerak edi, biroq jarohatlar sababli o'yin tizginini o'zimizda ushlab tura olmadik, ammo bor kuchimizni ishlatdik. Bu g'alabaga tashnalik ruxi bo'ldi.
22 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyamiz "Napoli"da tugadi, endi barchasini boshidan boshlashimiz kerak.
Kalabriya va Kerda mushak jarohatlari bor. Davidedagi jarohat biroz jiddiy. Salemakersning tizzasi yon bog'lamlarida cho'zilish borga o'xshamoqda. Ertaga u tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Kim asosiy tarkibda tushishidan qatiy nazar barchada jangovarlik ruxi yuqori", - dedi Pioli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar