So’nggi yangiliklar

19:24Кувайт FIFA Series мусобақасида иштирок этмайди  0 18:55"Манчестер Сити" Испания терма жамоаси ҳимоячисига кўз тикди  2 18:27Анчелотти: "Вини — камтар, қувноқ ва ҳақиқий иқтидор"  0 17:59"Атлетико" Альварес бўйича қарор қабул қилди  2 17:31"Реал" футболчиси жамоадаги ўрнидан норози  3 17:02Ди Канио: "Леау майдонда сайр қиляпти"  0 16:33Абдуқодир Ҳусанов Тимбер, Вальверде, Бернарду Силва, Олисе, Осимхен ва Кейн билан бир рўйхатда  8 16:05"Барселона"да янги Месси пайдо бўлиши мумкин  7 15:37Ўзбекистон U-15 терма жамоаси РФА U-16 билан дуранг ўйнади  0 15:15Эшитдик-да! "Манчестер Сити" "Ланс"дан яна бир футболчи сотиб олмоқчи  0 14:47Эрон ФИФАдан ўйинларини АҚШдан Мексикага кўчиришни сўрамоқда  7 14:19"Барселона"да Хулиан Альварес эҳтимолий трансфери ҳақида фикр билдирилди  0 13:51Карло Анчелотти: "Реал"дан кейин бошқа клубда ишлашни истамадим"  0 13:26"Арсенал" янги ҳужумчи топди  0 12:58Испания терма жамоаси Аргентина ўрнига тезда янги рақиблар топди  3

Pike: "MYUda o'sib-ulg'ayib, haqiqiy erkakka aylanganman" Yangiliklar

Pike: "MYUda o'sib-ulg'ayib, haqiqiy erkakka aylanganman"

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Har bir yil boshqasidan farq qiladi. Biz Ispaniya Kubogi finaliga chiqdik. So'nggi vaqtlarda yaxshi o'yin va natija ko'rsatyapmiz deb o'ylayman. "Old Trafford"da qiyin bo'lishini bilamiz, biroq yaxshi natijaga erishishni xohlaymiz.

To'pga egalik qilsak, raqib qarshi hujumlarga tayanishga majbur bo'ladi. MYUda tezkor futbolchilar bor: Rashford, Lukaku. Ingliz jamoalarining futbolchilari kuchli va bo'yi uzun bo'ladi. Gol o'tkazib yubormaslik uchun to'pni nazorat qilish kerak.

MYU hamda PSJ o'rtasidagi o'yin videosini ko'rdim. Bu yaxshi dars bo'ldi. Hech qachon MYUni hisobdan chiqarmaslik lozim. Boshlangan ishni yakunlab qo'yish kerak. "Yunayted"da kuchli yosh futbolchilar etarlicha. Javob uchrashuvining oxirida sodir bo'lgan penalti - o'yinda hamma narsa bo'lishi mumkinligining yorqin misoli. MYU qanchalik xavfli ekanligidan xabardormiz.

Ushbu bahs men uchun o'zgacha ahamiyatga ega bo'ladi. Men bu erda o'sib-ulg'ayib, haqiqiy erkakka aylanganman. Nafaqat maydonda, balki hayotda ham. 17 dan 21 yoshimgacha professional futbolchi bo'lish uchun bu erda tajriba to'plaganman.

Yaxshi va yomon damlar bo'lgan. Bir o'zim yashaganman. Kataloniyaga umuman boshqa inson bo'lib qaytgan edim.

Ule-Gunnar Sulsherni ajoyib jamoadosh sifatida eslab qolganman. Yosh edim, u esa tajribali futbolchilardan biri bo'lgan. U klubga, shaharga ko'nikishimga yordam bergan. Sulsher bilan to'p tepish juda yoqimli edi.

Ule-Gunnar Sulsherning "Manchester Yunayted"dagi ishlari yaxshiligidan xursandman. Jamoa Sulsher qo'l ostida ko'plab g'alabalarga erishdi. Ertaga qiyin bo'ladi, ammo g'alabaga umid qilyapmiz.

"Old Trafford"dagi atmosfera? Jamoamizda tajriba etarli. SHunga o'xshash atmosferali stadionlarda o'ynaganmiz. Biz xavfli vaziyatlar yaratishimiz kerak. Ingliz stadionlari juda shovqinli, ammo bunga tayyormiz.

O'tgan mavsum "Roma"dan uchralgan mag'lubiyat? Futbolda bunaqasi bo'lib turadi. Bu bizga dars bo'ldi. "Barselona" futbolchilari bu klubda yaxshi va yomon damlarni boshdan kechirishgan.

O'tgan yili nima bo'lgani yodimizda va bu qaytarilmasligi uchun bor kuchimizni ishga solamiz" - deydi Pike.

"Manchester Yunayted" - "Barselona" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика