Pike Ispaniyada 7 ga 7 formatdagi media ligasini ishga tushirmoqda
26 dek 2022 18:52
Yangiliklar
Pike Ispaniyada 7 ga 7 formatdagi media ligasini ishga tushirmoqda
Ispaniya media futbol ligasini ishga tushirishga hozirlik ko'rilmoqda.
"Kings League" deb nomlangan loyiha asoschilari "Barselona" sobiq himoyachisi Jerar Pike va mashhur ispaniyalik inflyuenser Ibai Lyanos.
Musobaqada 12 ta jamoa ishtirok etadi, o'yinlar 7 ga 7 formatda o'tkaziladi.
Klublar prezidentlari mashhur blogerlar, yutuberlar, jurnalistlar va futbol yulduzlari, jumladan, Serxio Aguero (Kunisports jamoasi) va Iker Kasilyas (1K klubi) bo'ladi.
"Kings League" yaratuvchilari ananaviy futbol qoidalariga boshqa sport turlaridan bazi elementlarni qo'shishni rejalashtirmoqda. Masalan, draft.
Har bir jamoada 12 nafardan o'yinchi bo'ladi, ulardan 10 nafari 27 dekabr kuni draftda tanlanadi. 11-qatnashchi klub prezidentlari tomonidan butun mavsum uchun tanlab olinadi, 12-o'yinchi esa muntazam ravishda almashib turadi.
Turnirda CHicharito, Ruben de la Red, Raul Tamudo va boshqa mashhur futbolchilar va boshqa futbolchilar ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Kings League 2023 yilning 1 yanvarida boshlanishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar