So’nggi yangiliklar

23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  22 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2

Pike "Facebook"da muxlislar savoliga javob berdi Yangiliklar

Pike "Facebook"da muxlislar savoliga javob berdi

"Manchester Siti"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrshauvidan oldin "Barselona" himoyachisi Xerard Pike "Facebook" ijtimoiy tarmog'ida muxlislar savoliga javob berdi.

- Siz birga o'ynagan eng yaxshi himoyachi?

- Karles Puyol va Ferdinand.

- Agar futbolchi bo'lmaganingizda, qaysi sport turini tanlagan bo'lardingiz?

- Basketbol yoki tennis.

- UEFA CHempionlar ligasidagi birinchi o'yinigizni eslay olasizmi?

- Albatta, "Fenerbaxche"ga qarshi bahsda CHempionlar ligasida debyut qilganman. O'shanda 17 yoshda edim.

- CHempionlar ligasining nimasi sizga ko'proq yoqadi?

- O'yindan oldin turnir madhiyasini tinglash va jahonning eng yaxshi futbolchilariga qarshi to'p tepish!

- Siz ko'proq himoyalanishni yoqtirasizmi yoki gol urishni?

- Himoyalanish! Ammo gollar ham himoyachiga katta xursandchilik olib keladi!

- Qaysi hujumchilarga qarshi o'ynash qiyin bo'lgan?

- Krishtianu Ronaldu va Dide Drogba.

- Hozir ham Manchester sizga yoqadimi?

- Albatta. U erda vaqtimni juda yaxshi o'tkazganman!

- Jamoangiz bu mavsumda 3ta sovrinni qo'lga kirita oladimi?

- Bu mavsumda ko'p muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkin.

- Puyol va Sesk Fabregasni sog'inasizmi?

- Sog'inish ham gapmi... Jamoamizdan kim ularni sog'inmas ekan?

- Lionel Messi - siz bilan to'p tepganlar ichida eng yaxshisimi?

- So'zsiz!

- Sevimli golingiz?

- "Santyago Bernabeu"dagisi. O'shanda 6:2 hisobida g'alaba qozongan edik.

- Bolaligingizdagi kumiringiz?

- Stoichkov va Kuman.

- "Barselona"dagi eng yaxshi davringiz?

- Bir mavsumda 3ta sovrin qo'lga kiritganimiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика