So’nggi yangiliklar

22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  9 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  68 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1 20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  16 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  8 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  17 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0

PFLning maxsus ishchi-guruhi Superliga va Pro liga klublarini licenziyalash talablari ijrosi bo'yicha monitoringdan o'tkazadi Yangiliklar

PFLning maxsus ishchi-guruhi Superliga va Pro liga klublarini licenziyalash talablari ijrosi bo'yicha monitoringdan o'tkazadi

Monitoring ishchi-guruhi dastlab “So'g'diyona”, “Dinamo”, “SHo'rtan”, “Mashal”, “Buxoro” va “Qizilqum” klublariga tashrif buyurishdi.

“O'FA va O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini licenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O'FA Ijroqo'mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Takidlanganidek, PFL mazkur reglament asosida futbol klublarini kelasi mavsum uchun tayyorlab boradi. Ayni paytda Superliga va Pro ligada ishtirok etuvchi klublarga licenziyalash talablari haqida atroflicha malumot berish, ulardan ushbu jarayonni muvaffaqiyatli yakunlash, Superliga yoki Pro ligada ishtirok etish uchun qo'yiladigan talablar borasida yanada to'liq axborot berish, aynan qanday jihatlarga etibor qaratish lozim ekani, klub tizimi yoki ichki infratuzilmasi bo'yicha tuzatish yoki yaxshilash zarur bo'lgan masalalarini muhokama etish maqsadida bugun, 4 dekabrdan boshlab O'zPFLning maxsus monitoring ishchi-guruhi Superliga va Pro liga klublariga tashrif buyurishni boshlaydi.

Monitoring ishchi-guruhi dastlab “So'g'diyona”, “Dinamo”, “SHo'rtan”, “Mashal”, “Buxoro” va “Qizilqum” klublariga tashrif buyurib, mazkur klublarning yaqin kelajak rejalari, oldinda amalga oshirilishi mo'ljallangan loyihalar, va umuman licenziyalash talablari qay tarzda bajarilayotgani bo'yicha monitoringdan o'tkazadi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика