So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

PFL "Termiz voqeasi"ga beetibor bo'lmasligi lozim Yangiliklar

PFL "Termiz voqeasi"ga beetibor bo'lmasligi lozim

Kecha Termiz shahrida bo'lib o'tgan birinchi liganing 13-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Andijon" bahsida janjal sodir bo'ldi.

Buning oqibatida o'yin oxirida uchrashuv bosh hakami Igor Xudaydatov naqd sakkiz (!) futbolchiga birdaniga qizil kartochka ko'rsatdi. Bularning hammasi 90+4-daqiqada yuz berdi.

Bosh hakam har ikkala jamoaning to'rt nafardan futbolchisini chetlatdi. Bundan ko'rinib turibdiki, maydonda ommaviy mushtlashuv sodir bo'lgan. Maydondan chetlatilgan futbolchilar: "Surxon" tarkibida - Timur Mamadaliev, Najmiddin Normurodov, Sanjar SHomurodov, Akmal Abdurahmonov; "Andijon" tarkibida - Ibrohim Otaxonov, Akbar Xo'jaev, Sanjar Asqaraliev, Farhod Bekmurodov.

O'yin 2:2 hisobida yakun topgan. Uchrashuvda dastlab "Surxon" futbolchisi Sanjar SHomurodov hisobni ochgan. Keyinchalik birinchi taymning o'zida "Andijon"da to'p tepayotgan taniqli hujumchi Anvar Berdiev hisobni tenglashtirgan.

75-daqiqada Nizom Norov penaltidan gol urib yana "Surxon"ni hisobda oldinga olib chiqadi. 90-daqiqada esa Alisher Abduvohidov to'p kiritib, hisobning 2:2 bo'lishini taminlaydi.

Mana shundan so'ng nima bo'lgani bizga to'liq malum emas. Lekin janjal chiqqani aniq. CHunki birdaniga bir daqiqa ichida 8 futbolchiga qizil kartochka berish uchun albatta nimadir xunuk voqea yuz bergan bo'lishi shart.

Birdaniga 8 nafar futbolchiga "qizil" berish holati (tag'in bir daqiqa ichida) hali dunyo futbolida kuzatilmagan bo'lsa kerak. Xo'sh, PFL qanday yo'l tutadi? O'yin va o'yin atrofida atroflicha tekshiruv o'tkazadimi? "Termiz voqeasi" sabablari chuqur o'rganiladimi? Har ikkala klub vakillari tashkilotga chaqirilib voqea yuzasidan tushuntirish berishadimi? Aybdorlar jazolanadimi?

Bizning fikrimizcha, PFL mana shunday pallada katta sahnaga chiqishi hamda "Termiz voqeasi" yuzasidan rasmiy bayonot berishi lozim. Va bu bayonot OAVda yoritilishi shart. Agar vaziyatga panja ortidan qaraladigan bo'lsa, yara yanada kattalashib ketaveradi.

Xayrulla Xoliqov.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика