So’nggi yangiliklar

21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  0 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  0 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  0 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  11 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  4 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  12 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0

PFL: Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

PFL: Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.


Yoshlar Birinchiligi
Navbahorga qarshi 8-tur uchrashuvida raqib shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Paxtakor yarim himoyachisi Kamron Saidazimov 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Neftchiga qarshi 8-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan Olmaliq himoyachisi Xurshidbek Muxtorov 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Olmaliqga qarshi 8-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan Neftchi himoyachisi Mirjamol Nematov 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Lokomotivga qarshi 8-tur uchrashuvida hakam yordamchisi shaniga nomaqul fikrlar bildirgan Obod murabbiyi Vladimir Tigay jarimaga tortildi va shunday holat yana takrorlansa, Musobaqalar reglamentiga muvofiq, jarima jazolari qo'llanilishi haqida ogohlantirildi.

Bunyodkorga qarshi 9-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan Metallurg yarim himoyachisi Muhammadazim Nurmatov 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Birinchi Liga
Andijonga qarshi 6-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan Cementchi himoyachisi Davron Mamatov 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Cementchiga qarshi 6-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan Andijon hujumchisi Anvar Berdiev 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Surxonga qarshi 8-tur uchrashuvida raqibining yuziga bosh bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan Norin yarim himoyachisi SHukur Jumaboev 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Zominga qarshi 8-tur uchrashuvida chetlatilgan Lokomotiv-BFK yarim himoyachisi Dostonbek Bahromov 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика